O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Olmaota shahrida Qo‘shma demarkatsiya komissiyasida O‘zbekiston va Qozog‘iston Hukumatlari delegatsiyalarining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
2020-02-24 | Siyosat
2020-yilning 17-21-fevral kunlari Olmaota shahrida Qo‘shma demarkatsiya komissiyasida O‘zbekiston Respublikasi va Qozog‘iston Respublikasi Hukumatlari delegatsiyalarining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston Respublikasining Navoiy viloyati va Qozog‘iston Respublikasining Qizil O‘rda va Turkiston viloyatlari chegaralari tutashgan uchastkada davlatlararo chegarani demarkatsiya qilishning yakuniy hujjatlari loyihalari tayyorlandi.
Komissiya 2020-yil uchun O‘zbekiston-Qozog‘iston Davlat chegarasini demarkatsiya qilishning yakuniy hujjatlari loyihalarini tayyorlash bo‘yicha tadbirlar rejasini tasdiqladi.
Muzokaralar konstruktiv va do‘stona ruhda o‘tdi.