O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Koreya Respublikasi Elchisi bilan uchrashuv
2020-02-17 | Siyosat
2020-yilning 17-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Dilshod Axatov Koreya Respublikasining Favqulodda va Muxtor Elchisi Kan Chje Kvon bilan uchrashdi.
Uchrashuvda oliy va boshqa darajalardagi O‘zbekiston-Janubiy Koreya muzokaralari doirasida erishilgan kelishuvlarni bajarishning borishi muhokama qilindi hamda joriy yildagi qo‘shma tadbirlar jadvali bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi.
Tomonlarning siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsion, turizm, madaniy-gumanitar va boshqa jabhalardagi o‘zaro manfaatli hamkorlik hajmlarini yanada oshirishga hamda munosabatlarning shartnoma-huquqiy bazasini mustahkamlashga bo‘lgan qiziqishi tasdiqlandi.
Suhbatda mintaqaviy kun tartibning ayrim masalalari bo‘yicha ham fikr almashildi.