O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Markaziy saylov komissiyasi vakillari Ozarbayjonda saylovlarni kuzatishmoqda

2020-02-11 | Saylov

2020-yilning 6-10-fevral kunlari O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi Raisining o‘rinbosari M.Istamov boshchiligidagi delegatsiya a’zolari Ozarbayjon Respublikasi Milliy Mejlisiga bo‘lib o‘tayotgan navbatdan tashqari saylovlarda xalqaro kuzatuvchilar maqomida ishtirok etdi.

Milliy Mejlis - bir mandatli saylov okruglaridan iborat 125 nafar deputat (bitta okrug - bir deputat)dan iborat bo‘lib, 5 yillik muddatga saylanuvchi majoritar saylov tizimiga asoslangan parlamentdir.  

Saylovlarni uyushqoqlik bilan o‘tkazish uchun 5 573 ta saylov uchastkasi tashkil etilgan. Shundan 1 000 tasida real vaqt rejimida jarayonni uzatib boruvchi veb-kameralar o‘rnatilgan bo‘lib, internet orqali mazkur amaliyotni kuzatish mumkin bo‘ldi.

Navbatdan tashqari saylovlarda ishtirok etish maqsadida 1314 nafar nomzod ro‘yxatga olingan bo‘lib, bu 2015-yilda o‘tkazilgan parlament saylovlariga nisbatan qariiyb ikki barobar ko‘p ko‘rsatkich hisoblanadi. Shulardan 246 nafar nomzod siyosiy partiyalar tomonidani ilgari surilgan bo‘lsa, 11 nafari fuqarolar tashabbuskor guruhlari vakillarini, 1057 nafari esa mustaqil nomzodlarni tashkil etdi. 

Mamlakatda 55 ta siyosiy partiya faoliyat yuritayotgan bo‘lib, ulardan 19 tasi 272 nafar nomzod ko‘rsatishgan. Nomzodlarning aksari qismini amalda boshqaruvda bo‘lgan “Yeni Ozarbayjon” (122) partiyasi shu bilan birga, muholifatdagi “Musavat” (25) hamda “Umid” (21) partiyalari ko‘rsatishgan. 

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining kuzatuvchilar missiyasining ta’kidlashicha, deputatlik mandatiga nisbatan nomzodlar sonining ko‘pligi mamlakatda siyosiy hilma-hillik mavjudligi va saylovchilar uchun haqiqiy tanlov imkoniyati mavjudligidan dalolatdir.  

Ozarbayjon Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi navbatdan tashqari parlament saylovlarini e’lon qilganidan e’tiboran, o‘tgan qisqa vaqt ichida yuksak tashkiliy va keng miqyosdagi tayyorgarlik ishlarini amalga oshirgani e’tiborga molik.

Delegatsiya a’zolari Shomaxan va Shirvon tumanlari hamda Boku shahrida tashkil etilgan saylov uchastkalariga tashrif buyurishdi.

O‘zbekiston delegatsiyasining kuzatishlari shuni ko‘rsatdiki,  Ozarbayjon Respublikasi parlamentiga bo‘lib o‘tgan navbatdan tashqari saylov jarayonlari shaffof, ochiq, osoyishta muhitda va saylov bo‘yicha umume’tirof etilgan xalqaro standartlarga hamda milliy qonunchilikka muvofiq tashkil qilindi. Kuzatuv davomida saylov qonunchiligiga zid jiddiy qoidabuzarlik qayd etilmadi. 

Поделиться