O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Alisher Navoiy va XXI asr

2020-02-10 | Madaniyat

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida jahonning o‘ndan ortiq davlatidan tashrif buyurgan navoiyshunos, tilshunos va adabiyotshunos olimlar ishtirokida “Alisher Navoiy va XXI asr” mavzusida xalqaro ilmiy-nazariy anjumani o‘tkazildi.

Ozarbayjon, Turkiya, Rossiya, Tojikiston va boshqa mamlakatlarning yetakchi universitetlari professorlari o‘z ma’ruzalarida Navoiyning buyuk merosi va dunyo adabiyotida tutgan o‘rni hamda bugungi kunda O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan ma’naviy tarbiya ustuvorligi siyosatiga alohida baho berib o‘tdilar.

Alisher Navoiy o‘zining purhikmat asarlari, sermazmun hayot yo‘li, betakror ilmiy va ijodiy merosi bilan jahon adabiyoti, ilm-fani rivojiga munosib hissa qo‘shgan. Navoiy ijodi asrlar osha bashariyatga ezgulik va kamolotdan saboq berib kelmoqda.

Oliy ta’lim muassasalarida Alisher Navoiy asarlarini o‘rganish va o‘rgatish bugungi kunga kelib yangi bosqichga ko‘tarildi. Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida navoiyshunoslik sohasida olib borilayotgan tizimli ishlar esa tom ma’noda millatimiz ma’naviyatiga e’tibor va  ehtirom natijasidir.

Поделиться