O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

TIVda uchrashuv

2020-02-06 | Siyosat

2020-yilning 5-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Dilshod Axatov mamlakatimizda o‘z missiyasini yakunlayotgan Turkiya hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligining (TIKA) Toshkent shahridagi Vakolatxonasi rahbari Ali Ixsan Chag‘lar bilan uchrashdi.

Tomonlar sog‘liqni saqlash va qishloq xo‘jaligi sohalariga hamda kichik va o‘rta biznesni rivojlantirish, turli sohalarda mutaxassislar malakasini oshirish bo‘yicha amalga oshirilgan dasturlarga urg‘u berib O‘zbekiston va TIKA o‘rtasida o‘rnatilgan aloqalar darajasini yuqori baholadilar. Xususan, o‘tgan yil davomida Agentlik O‘zbekistondagi loyihalarni qo‘llab-quvvatlash uchun qariyb 30 million dollar ajratdi.

Hamkorlikning madaniy-gumanitar jihatlariga alohida e’tibor qaratildi. 2019-yil 20-29-sentabr kunlari Toshkent shahrida o‘zbek va turk rassomlarining asarlari namoyish etilgan “Zamonlar osha madaniyat: O‘zbekiston” nomli ko‘rgazma va konferensiyaning muvaffaqiyatli o‘tkazilgani ta’kidlandi.

Vazir o‘rinbosari Vakolatxona rahbari Ali Ixsan Chag‘larning O‘zbekiston-Turkiya munosabatlarini rivojlantirishga qo‘shgan shaxsiy hissasi uchun minnatdorlik bildirdi va kelgusi ishlarida muvaffaqiyatlar tiladi.

Ali Ixsan Chag‘lar TIKAning Toshkentdagi vakolatxonasi rahbari sifatidagi faoliyatini har tomonlama qo‘llab-quvvatlagani uchun O‘zbekiston tomoniga samimiy minnatdorchilik bildirdi.

Поделиться