O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Hindiston Elchisi bilan uchrashuv
2020-02-03 | Siyosat
2020-yil 31-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Ilhom Ne’matov Hindiston Respublikasining Favqulodda va Muxtor Elchisi Santosh Ja bilan uchrashdi.
Suhbat chog‘ida siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsion va boshqa sohalardagi O‘zbekiston-Hindiston hamkorligini rivojlantirish holati va istiqbollari muhokama qilindi.
Oliy darajadagi muntazam muloqotlar O‘zbekiston-Hindiston strategik sherikligini mustahkamlash, ikki tomonlama munosabatlarga dinamik va keng qamrovli tus berish imkonini berganligi ta’kidlandi.
Qayd etilganidek, iqtisodiy sohadagi hamkorlik o‘zaro manfaatli aloqalarning ustuvor yo‘nalishidir. Shu nuqtayi nazardan, Savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiya, ikki tomonlama loyihalarni amaliy tadbiq etishni muvofiqlashtirish va ilgari surish bo‘yicha qo‘shma Qo‘mita majlislarining sanasi yuzasidan fikr almashdilar, shuningdek, ikki mamlakat o‘rtasida sarmoyalarni rag‘batlantirish va savdoni oshirishga qaratilgan tayyorlanayotgan ikki tomonlama bitimlar bo‘yicha aniq takliflar ko‘rib chiqildi.
Uchrashuvda oliy va yuqori darajada bo‘lajak aloqalarning jadvali va kun tartibiga alohida e’tibor qaratildi.