O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Vatikan Elchisi bilan uchrashuv
2020-01-23 | Siyosat
2020-yil 22-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Dilshod Axatov Vatikanning mamlakatimizdagi diplomatik missiyasini yakunlayotgan Favqulodda va Muxtor Elchisi (apostol nunsiysi) arxiyepiskop Chelestino Miliore (qarorgohi Moskva shahrida) bilan uchrashdi.
Suhbat chog‘ida turli sohalardagi ikki tomonlama munosabatlarning holati yuzasidan fikr almashildi, hamkorlikni rivojlantirish va oliy darajada aloqalarni tashkil etish istiqbollari muhokama qilindi.
Elchi O‘zbekiston rahbariyatining ichki siyosatidagi ustuvor yo‘nalishlardan biri mamlakatda millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash ekanligini yuqori baholadi.
TIV rahbari o‘rinbosari Elchiga ikki tomonlama munosabatlarni mustahkamlashdagi shahxsiy sa’y-harakatlari uchun minnatdorchilik bildirdi.