O‘zbekiston Milliy kutubxonasida Alisher Navoiyning ingliz tilida chop etilgan “Farhod va Shirin” asari taqdimoti o‘tkazildi.
“Farhod va Shirin”ni shoir va tarjimon A’zam Obid ingliz tiliga tarjima qilgan. A’zam Obidning fikricha, ingliz tilida o‘qiydigan dunyo o‘quvchilari uchun “Farhod va Shirin” dostoni G‘afur G‘ulomning nasriy bayoni asosida tarjima qilingan. Ushbu kitob hozircha 3 ming nusxada chop etildi. Uni ko‘p nusxada Hindistonda qayta chop etish ham rejalashtirilgan.
Endilikda Milliy kutubxona foydalanuvchilari buyuk mutafakkir va shoir Alisher Navoiyning “Farhod va Shirin” dostonini ingliz tilida ham mutolaa qilish imkoniyatiga ega bo‘ldi.
N.USMONOVA, O‘zA