O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston Prezidenti Qozog‘istonning Birinchi Prezidenti bilan telefon orqali muloqot qildi

2019-12-30 | Siyosat

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 30-dekabr kuni Qozog‘iston Respublikasining Birinchi Prezidenti - Elboshi Nursulton Nazarboyev bilan telefon orqali muloqot qildi.

Shavkat Mirziyoyev va Nursulton Nazarboyev kirib kelayotgan yangi - 2020-yil munosabati bilan bir-birlarini samimiy qutlab, ezgu tilaklarini izhor qildilar.

Yakuniga yetayotgan yilda O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi ko‘p asrlik do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlashda muhim natijalarga erishilgani ta’kidlandi.

O‘zaro tovar ayirboshlash hajmi izchil ortib bormoqda, sanoat va transport sohalaridagi kooperatsiya kengaymoqda, hududlararo va gumanitar aloqalar faollashdi. O‘zbekistonda Qozog‘iston yili doirasidagi tadbirlar muvaffaqiyatli o‘tkazildi.

Joriy yilning noyabr oyida Toshkent shahrida o‘tgan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari ikkinchi Maslahat uchrashuvining samarali natijalari katta mamnuniyat bilan qayd etildi.

Ikki tomonlama hamkorlikka oid, mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashildi.

Поделиться