O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekistonning saylov tashkil qilish tajribasini o‘rganish lozim

2019-12-24 | Saylov

2019-yil 23-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zolarining parlament saylovlarida xalqaro kuzatuvchi sifatida ishtirok etgan Malayziya parlamenti quyi palatasi vitse-spikeri Mox Rashid bin Xasnon boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv chog‘ida joriy yil 22-dekabrda bo‘lib o‘tgan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va xalq deputatlari mahalliy Kengashlariga saylovlar yuzasidan fikr almashildi.

Malayziya parlamenti a’zolari ta’kidlaganidek, saylovlar demokratik tamoyillar asosida yuqori darajada uyushqoqlik bilan o‘tdi. “Biz ovoz berish jarayonini kuzatar ekanmiz, har bir saylov uchastkasida ishlar yaxshi tashkil etilgani, saylovchilar uchun barcha shart-sharoitlar yaratilganini ko‘rdik. O‘zbekistonning saylovni tashkil qilish tajribasini o‘rganish lozim”, dedi Mox Rashid bin Xasnon.

Поделиться