O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

AQSH elchisi: ikki davlat oʻrtasidagi oʻzaro iqtisodiy hamkorlikni mustahkamlash tarafdoriman

2019-12-18 | Iqtisodiyot

AQSHning Oʻzbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Deniyel Rozenblyumning Navoiy viloyatiga tashrifi “Navoiy” erkin iqtisodiy zonasi faoliyati bilan tanishishdan boshlandi.

Darhaqiqat, bugungi kunda “Navoiy” erkin iqtisodiy zonasi hududida 70 qoʻshma korxona faoliyat koʻrsatmoqda. Mazkur ishlab chiqarish tarmoqlari tomonidan uyali aloqa telefonlari, raqamli telequrilmalar, avtomobilsozlik uchun butlovchi buyumlar, elektr kabellari, polietilen quvurlar, gigiyenik vositalar tayyorlanmoqda.

Elchi janoblari Navoiy viloyati hokimi Q.Tursunov bilan ham uchrashdi.

Viloyat hokimi mehmonga hududning iqtisodiy salohiyati, boy tarixi haqida gapirib berdi. Xususan, bugungi kunda viloyatda 200 dan ortiq qoʻshma korxona faoliyat yuritayotgani, xorijiy hamkorlarning viloyatda yaratilgan investitsiyaviy jozibadorlikka qiziqishi tobora ortib borayotganini aytdi.

Navoiy viloyati joriy yilda 2 yirik xalqaro biznes-forumga mezbonlik qilgani, taqdimotlar jarayonida qator qoʻshma kelishuvlarga erishilgani qayd etildi. Jumladan, mazkur biznes-forumlar samarasida viloyatning Zarafshon shahri hamda AQSHning Missisipi shtati Klinton shahri oʻrtasida birodarlik rishtalari bogʻlanib, ikki salohiyatli shahar oʻzaro birodarlashgan shahar maqomini oldi. Viloyat hokimi 2017-yil bilan joriy yilgi koʻrsatkichlarni tahlil qilar ekan, oʻtgan davr mobaynida viloyatda investitsiyalar hajmi 13 barobarga oshganini eʼtirof etdi.

Q.Tursunov elchiga Oʻzbekistondagi muhim siyosiy jarayon – saylovlar va unga “Yangi Oʻzbekiston – yangi saylovlar” shiori ostida puxta tayyorgarlik koʻrilayotgani haqida gapirib berdi.

Viloyat hokimi uchrashuv davomida ikki davlat hamkorligini mustahkamlashda elchilarning xizmati juda muhim ekanini taʼkidladi. Oʻz navbatida, AQSH elchisi Oʻzbekistonda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishga qaratilayotgan eʼtibor mamlakat yalpi ichki mahsulotini oshirish hamda aholi bandligini taʼminlashga xizmat qilayotganini eʼtirof etdi.

Janob Deniyel Rozenblyum tashrif davomida Navoiy kon-metallurgiya kombinati bosh direktori Q.Sanaqulov bilan ham uchrashdi.

Navoiy shahridagi “Farhod” madaniyat saroyida joylashgan kombinat tarixi muzeyida tashkil etilgan uchrashuvda yirik sanoat korxonasining tarixi va salohiyati, istiqboldagi rejalari, istiqbolli loyihalar xususida batafsil maʼlumot berildi. Muzeyga sayohat uyushtirildi.

AQSHning mamlakatimizdagi elchisi Markaziy saylov komissiyasining Navoiy viloyati boʻlimi va Xalqaro matbuot markazi Navoiy viloyati boʻlimi faoliyati bilan ham tanishdi.

– Men Oʻzbekistonning turli viloyatlariga tashrif buyuraman. Bu safar oʻziga xos, yuqori iqtisodiy salohiyatga ega Navoiy viloyatiga tashrifim davomida hududdagi oʻzgarishlarni koʻrishni maqsad qilgan edim va buni koʻrdim, – dedi D.Rozenblyum. – Viloyat hokimi, Navoiy kon-metallurgiya kombinati bosh direktori, “Navoiy” erkin iqtisodiy zonasi rahbariyati bilan uchrashib viloyat iqtisodiy jihatdan mamlakatning yetakchi hududi ekaniga amin boʻldim. Muloqotlar davomida AQSH kompaniyalarini bu yerga jalb qilish xususida fikr yuritdik. Albatta, men elchi sifatida ikki davlat oʻrtasidagi oʻzaro iqtisodiy hamkorlikni mustahkamlash tarafdoriman.

Tashrif davomida mehmon Navoiy viloyatining Navbahor tumanida joylashgan qadimiy “Sarmishsoy” darasi va mazkur hududdagi qoya toshlardagi petrogliflarni koʻzdan kechirdi.
 

Nuriddin RAHIMOV, OʻzA

Поделиться