O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Yaponiyada o‘qiyotgan o‘zbekistonlik talabalarga Prezident sovg‘alari topshirildi

2019-12-18 | Ta’lim

Mustaqillik yillarida o‘zbekistonlik 5 mingdan ziyod talaba Yaponiya universitetlarini tamomlab, Vatanimiz ravnaqi yo‘lida xizmat qilmoqda. Yaponiyaning eng nufuzli oliy ta’lim maskanlaridan biri bo‘lgan Nagoya universitetida bugungi kunda o‘nlab yoshlarimiz tahsil olmoqda.

Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoevning Yaponiyaga tashrifi doirasida 18 dekabr kuni mazkur universitetda o‘qiyotgan talaba va tadqiqotchilarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovg‘alarini topshirish marosimi bo‘ldi.
 
Tadbirda “Yuksalish” umummilliy harakati raisi Akmal Burhonov, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi prezidenti Behzod Yo‘ldoshev, O‘zbekiston oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Inom Majidov Toshkent davlat texnika universiteti rektori Sadriddin Turobjonov ishtirok etdi. 
 
Akmal Burhonov O‘zbekiston Yaponiya bilan ta’lim sohasida izchil hamkorlik olib borayotgani, buning natijasida ko‘plab yoshlarimiz ushbu mamlakatda tahsil olib, o‘z bilim va salohiyatini namoyon etayotganini ta’kidladi. Vatanimizning bu yoshlardan umidi katta ekani, ular kelgusida zamonaviy ilm-fan yo‘nalishlari, yuqori texnologiyalar bo‘yicha egallagan bilimlarini yurtimizga safarbar qilishga tayyor ekani qayd etildi.
 
Shundan so‘ng talaba yoshlarga Prezidentimiz sovg‘alari – zamonaviy kompyuterlar tantanali ravishda topshirildi.
 
– Biz, yoshlarga ko‘rsatgan yuksak e’tibori uchun davlatimiz rahbariga minnatdorlik bildiramiz, – deydi Nagoya universiteti doktoranti Umida Husainova. – Yaponiyadan yetuk mutaxassislar bo‘lib qaytib, yurtimizni yanada taraqqiy ettirish yo‘lida bor bilim va tajribamizni ishga solamiz.
 

Nagoya, 18-dekabr. O‘zA maxsus muxbiri Matnazar Elmurodov xabar qiladi.

A.RASXODJAEV (surat), O‘zA

Поделиться