O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Prezident Yaponiyaga jo‘nab ketdi
2019-12-17 | Siyosat
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Yaponiya Bosh vaziri Sindzo Abening taklifiga binoan 17-dekabr kuni rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatga jo‘nab ketdi.
Yaponiya - ulkan iqtisodiy, industrial va intellektual salohiyatga ega ilg‘or davlat. Iqtisodiyoti hajmi bo‘yicha dunyoda uchinchi o‘rinda turadi. “Katta yettilik” davlatlari qatoriga kiradi, xalqaro maydonda muhim rol o‘ynaydi.
O‘zbekiston va Yaponiya strategik sherik, ikki mamlakatni yaqin va ko‘p qirrali hamkorlik bog‘lab turadi. Davlatimiz rahbarining rasmiy tashrifi ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirishning yangi bosqichini boshlab beradi.
Prezident dastlab mamlakatning yirik sanoat va ilm-fan markazi - Nagoya shahrida bo‘ladi.
Tokio shahrida Yaponiya Imperatori, Bosh vaziri, parlament rahbarlari va ishbilarmon doiralar vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkaziladi.