O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Intellektual mulk strategiyasi boʻyicha tajriba almashildi

2019-11-14 | Jamiyat

Singapur, Yaponiya, Janubiy Koreya kabi mamlakatlar taraqqiyoti haqida soʻz ketganda, koʻz oldimizda, avvalo, innovatsion iqtisodiyot gavdalanadi. Innovatsion iqtisodiyotga novatorlik faoliyati, intellektual mulk obyektlarining yaratilishi va muhofazasi kabi omillar kuch beradi. Xalqaro tajribada bu jarayon intellektual mulk strategiyasi asosida shakllantiriladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligi va Butunjahon intellektual mulk tashkiloti (BIMT) hamkorligida tashkil etilgan mintaqaviy seminar shu kabi tajribaning oʻziga xos xususiyatlarini oʻrganishga bagʻishlandi.
 
Seminar doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasi, sud organlari, oliy taʼlim muassasalari vakillari bilan birga BIMT ekspertlari, Buyuk Britaniya, Polsha kabi 10 dan ziyod mamlakatning intellektual mulk boʻyicha masʼul idoralari mutaxassislari intellektual mulk muhofazasini taʼminlash, kontrafakt mahsulotlarga qarshi kurashish tizimini takomillashtirish kabi masalalar yuzasidan fikr almashdi.
 
– Intellektual mulk strategiyasi, aniq bir davlat doirasida unga moslashtirilgan va mavjud sharoitdan kelib chiqqan holda, maʼlum muddat uchun ishlab chiqiladi, – deydi BIMTning Kavkaz, Markaziy Osiyo va Sharqiy Yevropa boʻyicha boʻlimi boshligʻi I.Gribkov. – Shu oʻrinda intellektual mulk strategiyasi nima uchun kerak, degan savol tugʻilishi mumkin. Xalqaro tajriba shuni koʻrsatmoqdaki, intellektual mulk strategiyasi mamlakatlarning innovatsion rivojlanishiga, ishlab chiqarish korxonalarining raqobatbardoshligini oshirishga, bozor iqtisodiyoti tizimlarini takomillashtirishga xizmat qilmoqda.
 
Maʼlumki, mahsulot qadogʻidan oʻrin egallagan birgina tovar belgisi yirik kompaniya, hatto davlatning qiyofasini gavdalantirishi mumkin. “Adidas”, “Apple”, “Mercedes Benz”, “Nike”, “Rolex”, “Toyota” kabi brendlar bunga misoldir. Ahamiyatlisi, rivojlangan davlatlarda intellektual mulk qishloq xoʻjaligini siqib chiqarib, yangi davrni boshlab bermoqda. “Aqlli mashina”, “aqlli uy”, “xavfsiz shahar” kabi atamalar hayotimizga kirib kelayotir. Turli ixtiro va ishlanmalar insonlar hayotiga qulaylik olib kirmoqda.
 
Seminarda intellektual mulk sohasida strategiyalar yaratish uslublari ham muhokama qilindi. Ayni mavzuda oʻz xulosasi bilan oʻrtoqlashgan britaniyalik ekspert Ron Marchantning soʻzlariga koʻra, strategiyani ishlab chiqishda umumiy maqsadning oʻz yetarli emas, balki u, avvalo, nima va kim uchun ishlab chiqilayotgani belgilab olinishi zarur. Bunda faqat masʼul idora emas, balki boshqa manfaatdor tomonlar ham ishtirok etishi kerak boʻladi.
 
Muloqotlarda Oʻzbekistonda intellektual mulk sohasidagi islohotlar mazmuniga alohida eʼtibor qaratildi. Qayd etilganidek, bugungi kunda mamlakatimizda intellektual mulk obyektlari himoyasini taʼminlash, mualliflik va turdosh huquqlar sohasidagi xalqaro shartnoma va bitimlarni ratifikatsiya qilish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, intellektual mulk sohasida davlat boshqaruvini takomillashtirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-fevraldagi “Intellektual mulk sohasida davlat boshqaruvini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi. Mazkur hujjat asosida Intellektual mulk agentligi Adliya vazirligi tizimiga oʻtkazildi.
 
Tadbirda intellektual mulk boʻyicha milliy strategiyani ishlab chiqishda xalqaro hamkorlik masalalari ham koʻrib chiqildi.
 
 
Malohat HUSANOVA, OʻzA

Поделиться