O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Bir guruh amerikalik ekspertlar bilan uchrashuv
2019-11-11 | Siyosat
2019-yilning 8-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Atlantika kengashining Yevrosiyo markazi direktori, AQShning mamlakatimizdagi sobiq Elchi Jon Edvard Herbst boshchiligidagi bir guruh amerikalik ekspertlarni qabul qildi.
Vazir mehmonlarni qutlar ekan, O‘zbekistonda hayotning barcha jabhalarida yuz berayotgan keng ko‘lamli o‘zgarishlar fonida nufuzli amerikalik ekspertlar delegatsiyasining tashrifi o‘z vaqtida amalga oshirilayotganligini ta’kidladi.
Uchrashuvda Atlantika kengashi va AQShning boshqa muhim ilmiy markazlari bilan O‘zbekiston o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari muhokama qilindi.
O‘zbekistonning turdosh markazlari bilan Atlantika kengashi hamkorligini kengaytirilishi AQShning siyosiy qarashni shakllantiruvchi doiralari e’tiboriga O‘zbekiston va butun Markaziy Osiyo mintaqasida amalga oshayotgan o‘zgarishlar to‘g‘risida obyektiv ma’lumotlarni yetkazish bo‘yicha ishlarni faollashtirishga yordam berishi ta’kidlandi.
Suhbat davomida Vazir amerikalik ekspertlarning savollariga javob berdi.