O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Ekologik statistika va ko‘rsatkichlar bo‘yicha qo‘shma maqsadli guruhning 16-sessiyasi
2019-11-04 | Ekologiya
2019-yilning 28-29-oktabr kunlari Shveytsariyaning Jeneva shahrida ekologik statistik ko‘rsatkichlar bo‘yicha qo‘shma Ishchi guruhining 16-sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur sessiyada O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasidan qishloq xo‘jaligi va ekologiya statistikasi boshqarmasi bosh mutaxassisi N.T.Dexkanova ishtirok etdi.
Sessiyada Sharqiy Yevropa, Kavkaz, Markaziy Osiyo mamlakatlarining statistika xizmatlari hamda atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha tashkilotlari vakillari, Yevropa atrof-muhit agentligi, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Atrof-muhit bo‘yicha dasturi ekspertlari (UNEP), Birlashgan Millatlar Tashkilotining Statistika bo‘limi, Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti, Birlashgan Millatlar Tashkilotining yevropa iqtisodiy komissiyasining ekspertlari ishtirok etdilar.
Sessiya ishida atrof-muhit statistikasi, Umumiy ekologik axborot tizimi hamda Barqaror rivojlanish maqsadlari bo‘yicha ko‘rsatkichlarning sifatini oshirish uchun muayyan talablarni aniqlashga alohida ahamiyatga qaratildi. Shuningdek, Sharqiy Yevropa, Kavkaz, Markaziy Osiyo mamlakatlari tajribasini o‘rganish hamda barqaror rivojlanish va “yashil iqtisod” sohasidagi masalalari ko‘rib chiqildi.