O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'ektlarining mamlakat iqtisodiyotida tutgan o‘rni

2019-10-30 | Jamiyat

2019-yil 29-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 9-apreldagi “Davlat boshqaruvining ochiqligi va shaffofligini ta'minlash hamda mamlakatning statistika salohiyatini oshirish yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta'minlash maqsadida “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'ektlarining mamlakat iqtisodiyotida tutgan o‘rni” mavzusida matbuot anjumani o‘tkazildi.

Tadbirda Davlat statistika qo‘mitasi markaziy apparati, Toshkent shahri va Toshkent viloyat statistika boshqarmalari vakillari, Kadrlarni qayta tayyorlash va statistik tadqiqotlar instituti rahbariyati hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.

Matbuot anjumanida yurtimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasini rivojlantirishga katta e'tibor berilayotgani alohida ta'kidlandi.

Matbuot anjumanda statistika idoralarida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik  sub'ektlarining ko‘rsatkichlari qanday shakllantirilishi haqida ma'lumot berildi. Kichik biznes va xususiy  tadbirkorlik  sub'ektlarining ko‘rsatkichlari yil va chorak uchun shakllantirilishi turli prezintatsiyalar asosida tushitirildi.

Tadbirda 2019-yil 1-oktabr holatiga faoliyat yuritayotgan yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan tadbirkorlik sub'ektlari (dehqon va fermer xo‘jaliklarisiz) soni 325 312 tani tashkil etgani ta'kidlandi. Shundan, kichik korxona va mikrofirmalar soni 323 014 tani yoki jamiga nisbatan 99,3 % ga teng. Soliq organlari ma'lumotlariga asosan, 2019 yil 1 oktyabr holatiga faoliyat yuritayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlar soni – 236 601 ta.

Matbuot anjumanida soha mutaxassislari tomonidan 2019-yilning yanvar–sentabr oyida 72,4 ming ta yangi kichik korxona va mikrofirma (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) tashkil qilingani, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 1,9 martaga ko‘p ekani ta'kidlandi. Eng ko‘p kichik korxona va mikrofirmalar savdoda (38,6 %), sanoatda (21,8 %), qurilishda (10,0 %), qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligida (7,5 %), yashash va ovqatlanishda (7,5 %), tashish va saqlashda (3,3 %) tashkil etilgani qayd etildi.

Matbuot anjumani so‘nggida mavzu yuzasidan jurnalistlarni qiziqtirgan savollarga Davlat statistikasi qo‘mitasi xodimlari tomonidan batafsil javob berildi.

Поделиться