O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Xalqaro sessiyada statistika sohasida 2030-yilga mo‘ljallangan yangi strategik yondashuv va boshqa muhim masalalar muhokama qilindi

2019-10-29 | Jamiyat

Joriy yilning 23–25-oktabr kunlari Davlat statistika qo‘mitasi Raisi Begalov Bahodir Abdusalomovich boshchiligidagi delegatsiya Turkiyaning Anqara shahrida o‘tkazilgan Islom hamkorlik tashkiloti (IHT) Statistika komissiyasining 8-sessiyasida ishtirok etdi.

Sessiyada IHTga a'zo 30 mamlakatdan 40 dan ortiq milliy statistika idoralari vakillari, jumladan, Islom taraqqiyot banki guruhi, BMT statistika departamenti, BMTning G'arbiy Osiyo bo‘yicha iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasi, BMTning oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO), Xalqaro mehnat tashkiloti va boshqalar qatnashdi.

Sessiya davomida aholini ro‘yxatga olishda elektron ma'lumotlarni yig'ish texnologiyalari, qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish, Xalqaro mehnat migratsiyasi bo‘yicha milliy statistika tizimlarini rivojlantirish kabi dolzarb vazifalar bo‘yicha ma'ruzalar tinglandi va muhokama qilindi.

Shuningdek, sessiyada IHT statistika komissiyasining 2030-yilga mo‘ljallangan yangi strategik yondashuvlarni ishlab chiqish bo‘yicha ishchi guruhi faoliyati, IHT statistika komissiyasi byurosining tartib qoidalariga kiritilgan tuzatishlar va boshqa sohaga oid yo‘nalishlar ko‘rib chiqildi.

Tadbir doirasida O‘zbekiston delegatsiyasi xalqaro tashkilotlarning statistika bo‘linmalari vakillari va IHTga a'zo davlatlarning statistika idoralari rahbarlari  bilan hamkorlikni keng yo‘lga qo‘yish bo‘yicha uchrashuvlar tashkil etdi.

Xususan, IHT va Islom davlatlari uchun statistik, iqtisodiy va ijtimoiy tadqiqotlar va kadrlar tayyorlash markazi (SESRIC) statistika komissiyasi byurosi rahbariyati bilan O‘zbekiston Respublikasida statistik salohiyatni oshirishga qaratilgan ilmiy ishlanmalar, yangi uslubiy nizomlarni almashish bo‘yicha hamkorlik o‘rnatish va qo‘shma tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha fikr-mulohaza almashildi.

Shuningdek, Turkiya statistika boshqarmasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi o‘rtasida xalqaro mehnat migratsiyasi bo‘yicha ko‘rsatkichlarni ishlab chiqish, kartografik va yo‘ldoshli ma'lumotlardan foydalanish, skanerlash, ma'lumotlar bazalarini ishga tushirish bo‘yicha hamkorlik o‘rnatish va tajriba almashish yuzasidan so‘z yuritildi.

Uchrashuvlar yakunida xalqaro tashkilotlar statistika bo‘linmalari vakillari va davlatlar statistika idoralari rahbarlari hamkorligida statistika yo‘nalishida ilg’or tajriba va metodlarni amaliyotga joriy etish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar belgilandi.

Поделиться