O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi delegatsiyasi Osakadagi anjumanda qatnashdi

2019-10-28 | Turizm

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Ulug‘bek A'zamov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi 24-oktabrda start olgan «Tourism Expo Japan 2019» xalqaro turistik yarmarkasida ishtirok etish uchun Yaponiyaning Osaka shahrida bo‘lib turibdi.

Qo‘mita delegatsiyasi rahbari xalqaro ko‘rgazma doirasida Butunjahon turizm tashkiloti (UNWTO) qo‘llab-quvvatlashi ostida tashkil etilgan III Vazirliklar konferensiyasida qatnashdi. Anjuman “Hamjamiyat faollashuvi: odamlar va madaniyat” shiori ostida o‘tdi. 23 mamlakat delegatlari, jumladan xalqaro tashkilotlar (UNWTO, WTTS, RATA) rahbarlari barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda hamjamiyatning samarali rivojlanishiga oid fikrlar bilan almashishdi. Anjumanda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev rahbarligi ostida amalga oshirilayotgan islohotlar, birinchi navbatda, xalqning farovonligini oshirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish va turizm bilan bog‘liq boshqa sohalarning rivojlanishiga yordam berishga yo‘naltirilgani ta'kidlandi. Ushbu kontekstda Hukumat tomonidan hunarmandchilik, ipakchilik, gilamchilik, qandolatchilik va boshqa sohalarni rivojlantirishga alohida e'tibor qaratilayotgani ma'lum qilindi.

Yurtimizda olib borilayotgan islohotlar kutilgan natijalarni berayotgani, mamlakatimizga tashrif buyurayotgan xorijlik sayyohlar soni 2018-yil yakunlari bo‘yicha 2,4 milliondan 5,4 millionga oshishi ham shundan dalolat berayotgani qayd etildi. Bundan tashqari, O‘zbekistonning turizm siyosati shuningdek sohani rivojlantirishga yo‘naltirilgan infratuzilmalarni yaratish, qadimiy tarixiy obidalarni saqlab qolishga qaratilgani ta'kidlandi. Bugungi kunda tarixiy yodgorliklar hamda madaniy meros ob'ektlarini saqlash va ommalashtirish uchun infratuzilma yaratishda YuNESKO va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikda ish olib borilmoqda. Shu o‘rinda ta'kidlash joizki, statistik ma'lumotlarga ko‘ra, 2018-yilning yanvar-sentyabr' oylarida O‘zbekistonga kelayotgan yaponiyalik sayyohlar soni 13124 nafarni tashkil etgan bo‘lsa, 2019-yilnling shu davr oralig‘idagi tashrif buyuruvchilar soni 18577 nafarga oshgan.

Поделиться