O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

"Mikro-, kichik va o‘rta biznes korxonalarini moliyalashtirish" dasturi ishga tushirilmoqda

2019-10-11 | Iqtisodiyot

O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi KfW taraqqiyet banki vakilligi asosida Germaniya federal hukumati bilan hamkorlikda 2020-yilning ikkinchi yarmida moliya bozori «Mikro-, kichik va o‘rta biznes korxonalarini moliyalashtirish» dasturini boshlashni rejalashtirmoqda.

Dasturning asosiy maqsadi - O‘zbekiston Respublikasida kichik va o‘rta biznes korxonalarini o‘rta va uzoq muddatlarga moliyalashtirishning barqaror o‘sishini ta’minlashdan iborat. Shuningdek, dastur o‘z oldiga ishtirokchi moliya institutlarining vakolatini oshirishni qo‘llab-quvvatlashni, korxonalarning bozorga integratsiyalashuvini kuchaytirishni hamda qo‘shimcha qiymat yaratish zanjirini mustaxkamlashni maqsad qilib qo‘ygan.   

Dastur doirasida dasturda belgilangan me’zonlarga javob beradigan va tanlovdan o‘tgan hamkor moliya tashkilotlariga (HMT) kredit liniyasi ajratish hamda texnik ko‘mak ko‘rsatish ko‘zda tutilgan. 

Xozirda, KfW ko‘rsatmasiga asosan Frankfurt School of Finance & Management konsalting kompaniyasi tomonidan dasturni ishlab chiqish va salohiyatli ishtirokchi hamkor tashkilotlarni belgilab olish maqsadida dastlabki tadqiqot ishlari olib borilmokda.

KfW hamda O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamkorlik qilishdan mamnunligini bildiradi.

Dasturda ishtirok etishni xoxlovchi moliya institutlari Konsultantga  uzb_program@fs.de  elektron manzili orqali murojaat etishi mumkinligini ma’lum qilamiz.

Поделиться