O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Tojikistonlik mehmonlar Samarqandni ziyorat qildi

2019-10-10 | Madaniyat

Mamlakatimizga tashrif buyurgan Tojikiston Respublikasi Oliy Majlisi Vakillar palatasi raisi Shukurjon Zuhurov O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikeri N.Ismoilov hamrohligida 8-oktabr kuni Samarqandga keldi.

Tojikiston parlamenti vakillari dastlab Islom Karimov maqbara-majmuasini ziyorat qilib, O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentining xotirasini yodga oldi.
 
Shundan so‘ng Imom Buxoriy majmuasi va xalqaro ilmiy-tadqiqot markaziga sayohat uyushtirildi. Mehmonlarga mazkur ob’ektlarda amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlari va kelgusidagi rejalar haqida ma’lumot berildi.
 
Markaz muzeyi bilan tanishuv va ilmiy xodimlar bilan suhbat chog‘ida o‘zaro ishonchga asoslangan oliy darajadagi muntazam muloqotlar ikki tomonlama hamkorlikni yuksak pog‘onaga ko‘tarishga xizmat qilayotgani, Tojikiston parlamenti delegatsiyasining O‘zbekistonga tashrifi qardosh mamlakatlarimiz o‘rtasidagi do‘stlik, yaxshi qo‘shnilik va strategik sheriklik munosabatlari mustahkamlanib borayotganining yorqin dalili ekani ta’kidlandi.
 
Shukurjon Zuhurov markazda yaratilgan sharoitlarga yuksak baho berib, ilmiy xodimlarga muvaffaqiyatlar tiladi.
 
Delegatsiya a’zolari Samarqand shahridagi Amir Temur maqbarasi, Registon majmuasi va boshqa tarixiy-madaniy yodgorliklar bilan ham yaqindan tanishdi. 
 
– Samarqand boy tarix va madaniyatga ega shahar, – dedi Tojikiston Respublikasi Oliy Majlisi Vakillar palatasi raisi Shukurjon Zuhurov. – Bu yerda dunyoga mashhur buyuk allomalar yashab o‘tgan va hozir ham ular nomi bilan bog‘liq maskanlar ko‘p. Shuning uchun Samarqandning turistik salohiyati yuqori va bizning mamlakatimizda ham bu qadimiy shaharga sayohatga kelishni istovchilar bisyor. Ayniqsa, yoshlarimiz Samarqand, Buxoro singari tarixiy shaharlarni kelib ko‘rishni orzu qiladi. Keyingi yillarda ikki davlat rahbarlarining sa’y-harakati bilan mamlakatlarimiz o‘rtasidagi hamkorlik aloqalari mustahkamlanib, yangi bosqichda davom etayotgani bu borada o‘zbek va tojik xalqlariga keng imkoniyat yaratdi. O‘zim ham Samarqandga ko‘p yillar oldin kelgandim va shaharning bugungi ko‘rinishi avvalgidan tubdan farq qilishi, yana ham go‘zal va maftunkor bo‘lganini ko‘rdim.
 
Mehmonlar shu kuni Samarqanddan Tojikistonga jo‘nab ketdi.
 

G‘olib HASANOV, O‘zA

Поделиться