O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Nyu-York shahrida “C5+1” shaklidagi uchrashuv to‘g‘risida

2019-09-24 | Siyosat

2019-yilning 22-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Nyu-York shahrida bo‘lib o‘tgan Markaziy Osiyoning besh mamlakati va Amerika Qo‘shma Shtatlari tashqi siyosat idoralari rahbarlarining “C5+1” shaklidagi navbatdagi uchrashuvida ishtirok etdi.

Uchrashuvda, shuningdek, Qozog‘iston Respublikasi, Qirg‘iziston Respublikasi, Tojikiston Respublikasi tashqi ishlar vazirlari Muxtor Tleuberdi, Chingiz Aydarbekov, Sirojidin Muxriddin, Turkmanistonning AQShdagi Elchisi Oraz Meredov va AQSh Davlat kotibi Maykl Pompeo ishtirok etdi.

Tashqi siyosat idoralari rahbarlari turli sohalarda ko‘p tomonlama aloqalarni rivojlantirish istiqbollari, hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan qo‘shma loyihalarni amalga oshirish yuzasidan fikr almashdilar.

Tadbir davomida, xususan, mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlash, chegaralarni himoya qilish va chegaralararo aloqalarni rag‘batlantirish, shuningdek, Markaziy Osiyoda savdo-iqtisodiy va investitsion hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuv ishtirokchilari tomonidan yangi sheriklik muhitini, mintaqaviy barqarorlik va mustahkam iqtisodiy rivojlanishni ta’minlashda hamkorlikni kuchaytirishga o‘zaro intilish mamnuniyat bilan qayd etildi.

AQSh har bir mamlakatning suvereniteti, mustaqilligi va hududiy yaxlitligi, shuningdek, kuchli, farovon va barqaror mintaqani qo‘llab quvvatlashga sodiqligini yana bir bor tasdiqladi.

Shuningdek, Markaziy Osiyoda iqtisodiy rivojlanish, savdo va investitsiya aloqalarini ilgari surish borasidagi sa’y-harakatlarni qo‘llab-quvvatlashdan AQSh tomoni manfaatdorligi qayd etildi. Xususiy biznesni qo‘llab-quvvatlash maqsadida AQSh moliya institutlari, jumladan yaqinda tashkil etilgan budjeti 60 milliard dollar bo‘lgan Xalqaro taraqqiyot moliya korporatsiyasi (USIDFC) resurslaridan foydalanish imkoniyatlari ta’kidlandi.

O‘zbekiston delegatsiyasi rahbari o‘z nutqida mamlakatimiz “C5+1” doirasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni ilgari surishda faol tarafdor bo‘lib qolishini qayd etdi. Ta’kidlanganidek, O‘zbekiston infratuzilma, transport, kommunikatsiya, madaniy-gumanitar, ilm-ta’lim sohasidagi aloqalarni yanada rivojlantirish muhim deb hisoblaydi va Orol fojiyasi oqibatlarini bartaraf etishda yordam jalb etishdan manfaatdorligini izhor etadi.

Shu bilan birga, “yer ustidagi ko‘prik” bo‘lishi mumkin bo‘lgan Afg‘onistonni mintaqaviy iqtisodiy jarayonlarga faol jalb qilinishiga alohida e’tibor beriladi. Shuningdek, mamlakatimiz AQSh va Markaziy Osiyo mamlakatlari o‘rtasida savdo va investitsiyalar bo‘yicha hadli bitim (TIFA) kengashining shu yil oktabr oyida Vashington shahrida bo‘lib o‘tadigan navbatdagi majlisida Afg‘onistonga TIFA to‘la qonli a’zosi maqomini berishni qo‘llab-quvvatlaydi.

Uchrashuvda tomonlarni qiziqtirgan boshqa masalalar ham ko‘rib chiqildi.

“C5+1” uchrashuvi doirasida O‘zbekiston TIV rahbari va AQSh Davlat kotibi Maykl Pompeo o‘rtasida qisqa suhbat bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston-AQSh kun tartibidagi dolzarb masalalar muhokama qilindi.

Поделиться