O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston Mudofaa vazirligi delegatsiyasi xavfsizlik va mudofaa bo‘yicha “Seul muloqoti — 2019” xalqaro forumida ishtirok etdi

2019-09-06 | Xavfsizlik sohasi

O‘zbekiston mudofaa vazirining o‘rinbosari general-mayor Azizbek Ikramov boshchiligidagi Mudofaa vazirligi delegatsiyasi xavfsizlik va mudofaa masalalari bo‘yicha Janubiy Koreyada o‘tkazilgan “Seul muloqoti— 2019” forumida ishtirok etdi.

Tadbirlar davomida general-mayor Azizbek Ikramov Janubiy Koreya Milliy mudofaa vaziri o‘rinbosari Pak Chje Min bilan ikki tomonlama uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuv davomida tomonlar mintaqadagi xavfsizlik, shuningdek, kelgusidagi harbiy sohada hamkorlikning istiqbollarini muhokama qildi.

Bundan tashqari O‘zbekiston Mudofaa vazirligi delegatsiyasi Markaiy Osiyo va Janubiy Koreya mamlakatlari o‘rtasidagi harbiy sohadagi hamkorlikni rivojlantirish hamda xavfsizlik masalalariga bag‘ishlangan “Koreya Respublikasi — Markaziy Osiyo” II-forumida ham ishtirok etdi.

5-sentabr kuni esa O‘zbekiston delegatsiyasi tashrifning asosiy maqsadi bo‘lgan — “Seul muloqoti—2019” anjumanida ishtirok etdi. Mazkur anjuman Koreya Respbulikasi Milliy mudofaa vazirining raisligi ostida o‘tdi.

Shu kunning o‘zida Milliy mudofaa universiteti rahbariyati bilan ham uchrashuv tashkil etdi. Tomonlar harbiy ta’lim borasidagi hamkorlikka oid masalalarni muhokama qildi. Uchrashuv yakuniga ko‘ra, O‘zbekiston Qurolli Kuchlari akademiyasi hamda Koreya Respublikasi Milliy mudofaa universiteti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Tashrif yakunida Mudofaa vazirligi delegatsiyasi Koreya harbiy akademiyasida bo‘lib, ikki mamlakat harbiy ta’lim muassasalari o‘rtasida hamkorlikni olib borishga oid hujjatni imzoladi.

Поделиться