O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Ixtiyoriy milliy sharhga tayyorgarlik ko’rish
2019-08-28 | Jamiyat
Joriy yilning 27- avgust kuni Davlat statistika qo'mitasida Barqaror rivojlanishning atrof muhit va rivojlanish Departamenti (ESCAP) eksperti bilan texnik ko’mak va hamkorlik masalalari bo`yicha uchrashuv bo`lib o`tdi.
Yig'ilishni Davlat statistika qo'mitasi raisi o'rinbosari Mahmudjon Ziyodullaev olib bordi va milliy BRMga erishish bo'yicha amalga oshirilayotgan ishlar to'g'risida batafsil ma`lumot berdi.
Uchrashuvda O'zbekistonda BRMning taraqqiyoti, Milliy barqaror rivojlanishni amalga oshirish va monitoring qilish, hamda statistika qo'mitasining ixtiyoriy milliy sharhga tayyorgarlik ko’rish jarayonidagi roli muhokama qilindi.
Barqaror rivojlanishning atrof muhit va rivojlanish Departamenti (ESCAP) eksperti O'zbekistonning barqaror rivojlanish milliy maqsadlariga erishish yo'lidagi sa'y-harakatlarini yuqori baholadi va Davlat statistika qo'mitasi rahbariyatiga uchrashuv tashkil etgani uchun minnatdorchilik bildirib, kelgusida samarali hamkorlik qilishga bildirdi.
Uchrashuv samimiy va do'stona ruhda o'tdi.