O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Oʻzbekistonning JSTga qoʻshilishi bilan bogʻliq masalalar muhokama qilindi

2019-08-22 | Turizm

20-avgust kuni Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi tomonidan Oʻzbekistonning Jahon savdo tashkiloti (JST)ga qoʻshilishga doir muhokamalar jarayoni va spetsifikasiga bagʻishlangan seminar boʻlib oʻtdi. Unda xalqaro konsultantlar bilan bir qatorda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining  JST masalalari boʻyicha maslahatchisi Yovan Yekich ham ishtirok etdi.

Taʼkidlash joizki, Yovan Yekich 35 yildan ziyod vaqt davomida xalqaro tajriba huquqi, intellektual mulk, bojxona qoidalari va jarayonlar  himoyasi, savdo va investitsiya siyosatini huquqiy tartibga solish sohasida faoliyat yuritadi.

Oʻzbekistonning JSTga qoʻshilish jarayonlari munosabati bilan katta tahliliy va tashkiliy ishlar olib borilmoqda, shuningdek “Yoʻl xaritasi” tasdiqlanmoqda. Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi ham ushbu jarayonga jalb qilingan boʻlib, Oʻzbekiston JSTga qoʻshilganidan keyin turizm va xizmatlar sohasini tartibga solish boʻyicha muayyan majburiyatlar qabul qilinishi mumkin. Shu bilan birga, Oʻzbekistonning turizm sohasini toʻgʻridan-toʻgʻri yoki qisman tartibga soluvchi milliy qonunchiligini moslashtirishga doir ishlar ham olib borilmoqda.

Uchrashuv konstruktiv ruhda oʻtib, unda Oʻzbekistonning JSTga qoʻshilishi bilan bogʻliq jarayonlar, keng koʻlamli masala va muammolar muhokama qilindi.

Поделиться