O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Atom energetikasini rivojlantirish hayotiy zarurat

2019-08-21 | Siyosat

Joriy yilning 19-20-avgust kunlari Atom energiyasi boʻyicha xalqaro agentlik (MAGATE) bosh direktori oʻrinbosari – Yadro energetikasi departament rahbari Mixail Chudakov rahbarligidagi delegatsiya mamlakatimizda boʻldi.

Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligida oʻtkazilgan uchrashuvda Atom energiyasi boʻyicha xalqaro agentlik bilan hamkorlikning bugungi holati, aloqalarni yanada mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.
 
Mamlakatimiz energetika vaziri A.Sultonov va M.Chudakov qayd etganidek, Oʻzbekiston atomdan tinch maqsadda foydalanuvchi mamlakatlar safidan joy olmoqda. Mazkur soha uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlashga alohida eʼtibor qaratish zarur.
 
Bugungi kunda “Moskva muhandislik-fizika instituti” milliy tadqiqot yadro universitetida oʻzbekistonlik talabalarning tahsil olayotgani, ushbu universitetning Toshkentda filiali tashkil etilayotgani bu boradagi muhim qadamlardan sanaladi.
 
Taʼkidlash joizki, yurtimizda atom energetikasi sohasi uchun nafaqat yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash, balki aholi, xususan, yoshlarni atom energetikasidan xavfsiz foydalanish borasidagi koʻnikmalarini oshirishga ham alohida eʼtibor qaratilmoqda. Bunda Toshkentdagi Atom texnologiyalari axborot markazining munosib hissasi bor.
 
Delegatsiya aʼzolari “Oʻzatom“ agentligi va Atom texnologiyalari boʻyicha axborot markazi faoliyati bilan tanishdi.
 
– Atom energetikasi ekologik jihatdan toza va xavfsiz manba hisoblanadi, – dedi M.Chudakov. – Insoniyat taraqqiyoti, iqlim oʻzgarishi va havo haroratining koʻtarilishi kabi omillar atom energiyasini ishlab chiqarishga zarurat tugʻdiradi. Shu maʼnoda Oʻzbekistonda atom energetikasi quvvatidan foydalanish maqsadida boshlangan ishlarni toʻgʻri qaror, deb hisoblaymiz va qoʻllab-quvvatlaymiz.
 
– AES qurilishi loyihasini amalga oshirishda xavfsizlik masalasi Oʻzbekiston uchun ustuvor ahamiyat kasb etadi, – dedi Oʻzbekiston Respublikasi energetika vazirining birinchi oʻrinbosari, “Oʻzatom” agentligi bosh direktori J.Mirzamahmudov. Shu sababli bu borada sohadagi xalqaro tajriba va standartlar faol oʻrganilmoqda. Xususan, Atom energiyasi boʻyicha xalqaro agentlik ekspert va mutaxassislarining bilim, tajriba va koʻnikmalaridan ham keng foydalanilayotir.
 
Atom energetikasi boʻyicha rossiyalik mutaxassislarning mamlakatimizga tashrifi doirasida Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida uchrashuv tashkil etildi.
 

Nasiba ZIYODULLAYEVA, OʻzA

Поделиться