O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Ryazandagi Qadimiy shaharlar xalqaro forumida Toshkent, Samarqand va Buxoro shaharlari sayyohlik salohiyati namoyish etildi

2019-08-19 | Turizm

14-18-avgust kuni Ryazanda (Rossiya) Qadimiy shaharlar II Xalqaro forumida Toshkent, Samarqand va Buxoro shaharlarining turistik salohiyati namoyish etildi.

Forum 500 yildan ortiq o‘tmishga ega qadimiy shaharlarning noyob madaniyati va tarixini namoyish etish maqsadida 2018-yildan beri an’anaviy ravishda o‘tkazilib kelinmoqda. Xalqaro forumda 32 mamlakatdan 54 shahar vakillari ishtirok etishdi. Keng ko‘lamli tadbir dasturidan turli ko‘rgazmalar, yarmarkalar, ilmiy-amaliy konferentsiyalar, davra suhbatlari, spektakllar va kontsertlar o‘rin olgan.

O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, O‘zbekistonning Rossiya Federatsiyasidagi elchixonasi, Samarqand va Buxoro viloyatlari hokimliklari, shuningdek, “Ryazandagi «Almaz» mahalliy o‘zbek milliy-madaniy avtonomiyasi” va RFda istiqomat qiluvchi vatandoshlarimiz forum dasturilari doirasida tashkil etilgan tadbirlarda ishtirok etishdi.

Forumning birinchi kunida Ryazan viloyatining Gorkiy nomidagi kutubxonasida «O‘zbekiston bo‘ylab sayohat» maydonchasi barpo etildi: Toshkent Samarqand va Buxoro shaharlarining sayyohlik salohiyati ifodalangan ko‘rgazmalar, «O‘zbekistonda Yesenin izlaridan» fotoko‘rgazmasi hamda Buxoroda an’anaviy tarzda tashkil etilib kelinayotgan «Ipak va ziravorlar»  xalqaro festivalida namoyish etiladigan o‘zbek xalq amaliy san’ati buyumlari yarmarkasining fotolavhalari mamlakatimiz milliy stendidan o‘rin oldi. Shuningdek, maydonchada tadbir mehmonlari uchun o‘zbek diasporasining ijodiy jamoalari vakillarining chiqishlari namoyish etildi.

Ta’kidlash joizki, O‘zbekistonning ko‘rgazmadagi ishtiroki tadbir qatnashchilari va mehmonlarida katta qiziqish uyg‘otdi hamda u yetakchi federal va  hududiy OAV vakillari tomonidan keng yoritildi.

Bundan tashqari, forum doirasida Ryazan musiqali teatri sahnasida 17 avgust kuni Buxoro viloyat musiqali drama teatrining «Buxorocha to‘y» spektakli namoyish etildi, spektakldan so‘ng ko‘plab tomoshabinlar O‘zbekistonga tashrif buyurish istagini bildirishdi. Shuningdek, teatr binosida spektakl namoyishi bilan bir vaqtda mamlakatimizning sayyohlik salohiyatini targ‘ib qilish maqsadida O‘zbekiston delegatsiyasining hunarmandchilik mahsulotlari yarmarkasi tashkil etildi va mehmonlarga yurtimizning sayyohlik salohiyati haqida ma’lumot beruvchi tarqatma materiallar (qo‘llanmalar, jurnallar, turistik xaritalar) taqdim etildi.

Qadimiy shaharlar uyushmasi yig‘ilishida Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi vakillari mamlakatning boy madaniy merosini aks ettiruvchi, xususan, Samarqand va Buxoroning sayyohlik salohiyatini ochib beruvchi videoroliklarni namoyish etishdi. Shuningdek,  tadbirda madaniy-tarixiy meros yodgorliklarini asrab-avaylash, bu sohada jahon hamjamiyatining innovatsion yondashuvlariga oid dolzarb masalalar muhokama qilindi.

Bundan tashqari, forum doirasida O‘zbekiston va Rossiya sayyohlik tashkilotlari vakillari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi, unda o‘zaro hamkorlik va rus sayyohlarini mamlakatimizga jalb qilish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi O‘zbekistonning sayyohlik salohiyatini rivojlantirish va sohani rivojlantirishga hissa qo‘shayotgan barcha yurtdoshlarimizga o‘z minnatdorchiligini bildiradi.

Поделиться