O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Muammo va kamchiliklar aytilib, chora-tadbirlar belgilandi
2019-08-08 | Jamiyat
Joriy yilning 6-avgust kuni Termiz shahar hokimligida barcha tuman (shahar) hokimlarining birinchi o‘rinbosarlari, statistika, kadastr, o‘zini-o‘zi boshqarish organlari vakillari, viloyat hududiy komissiyasi a'zolari ishtirokida seminar tashkil etildi.
Tadbirda davlatimiz rahbarining shu yil 5-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasida 2022-yilda aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazish kontseptsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi farmoni ijrosi, bu bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar, mavjud muammo va kamchiliklar hamda kelgusida bajarilishi zarur bo‘lgan vazifalar haqida so‘z yuritildi.
Seminarda Davlat statistika qo‘mitasining “Demografiya va mehnat statistikasi” boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Zoyir Yuldoshev ma'ruza qilib, farmon bo‘yicha belgilangan chora-tadbirlar va ularning ijrosi yuzasidan fikr bildirdi. Shu kunga qadar amalga oshirilgan ishlar va kelgusida bajarilishi lozim bo‘lgan vazifalar xususida ham alohida to‘xtalib o‘tdi.