O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Oʻzbekistonda Gastronomik turizm assotsiatsiyasi ochildi

2019-08-07 | Turizm

6-avgust kuni Oʻzbekiston Oshpazlar uyushmasi anjumanlar zalida tegishli idoralar hamda OAV vakillari ishtirokida Gastronmik turizm assotsiatsiyasining ochilish marosimi boʻlib oʻtdi. Tadbirda yigʻilganlarga assotsiatsiyaning maqsadi, faoliyati va aʼzolik shartlari boʻyicha taqdimot tashkil qilindi.  

Assotsiatsiya faoliyatini yoʻlga qoʻyishdan maqsad gastronomik turizm yoʻnalishida turli tadbirlar, jumladan koʻrgazma, festival, forum, seminar, ilmiy anjuman, davra suhbati, tanlov va shu kabi boshqa tadbirlarni tashkil etish, assotsiatsiya qoshida xalqaro grantlar homiyligida oʻzbek milliy kulinariyasi tarixi, buguni va kelajagi boʻyicha gastronomik turizm tarqaqqiyoti uchun xizmat qiluvchi turli loyihalarni amalga oshirishdan iboratdir.

Mutasaddilarning maʼlum qilishicha, Assotsiatsiya Oʻzbekistonda sayyohlik mavsumini uzaytirish maqsadida har yilning noyabr oyida muntazam ravishda “Lazzatli Oʻzbekiston” xalqaro milliy taomlar festivaliga mezbonlik qiladi, festivalga xalqaro turistik agentliklarini muntazam jalb etib boradi va tadbir doirasida Oʻzbekiston boʻylab hududiy gastronomik turlarni tashkil etadi.

Shuningdek, Assotsiatsiyaga aʼzo restoranlar va ularning hodimlari orasida “Xorijliklar eʼtirofiga sazovor boʻlgan yilning eng yaxshi restorani, “Yil ofitsianti”, “Yil restoran menejeri”, “Yil bosh oshpazi” nominatsiyalari boʻyicha taqdirlash marosimlari oʻtkaziladi. “Oʻzbek taomlari xorijiy sayyohlarni jalb qiluvchi asosiy omillardan biridir.

Gastronomik assotsiatsiya faoliyatining yoʻlga qoʻyilishi Oʻzbekistonning gastronomik brendlarini yaratish va ommalashtirishni ham koʻzda tutadi”, – deydi Assotsiatsiya raisi Gulnoza Odilova. Uning soʻzlariga koʻra, oʻzbek oshxonasi, milliy taomlar taqdimoti va ularning tarixini xorijiy sayyohlarga kompleks tanishtiradigan “Oʻzbek milliy gastronomiyasi muzeyi” tashkil etiladi. Xalqaro turistik agentliklarni muzey faoliyati bilan yaqindan tanishtiruvchi xalqaro-ilmiy amaliy anjumanlar oʻtkaziladi.

Ochilish marosimi doirasida Assotsiatsiya tomonidan yurtimizda faoliyat olib borayotgan restoran, kafe, umumiy ovqatlanish joylari va ularning xodimlariga yaratiladigan qulayliklar haqida maʼlumotlar berildi.  

Поделиться