O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Shahrisabzda I Xalqaro Geoturizm forumiga start berildi

2019-08-02 | Turizm

1-avgust kuni Shahrisabzdagi  Madaniyat saroyida Birinchi Xalqaro Geoturizm forumining tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi. Tadbir ochilishida koʻzga koʻringan olimlar, geologiya va mineral resurslar sohasida faoliyat yurituvchi mutaxassislar ishtirok etishdi. 

Forumni Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari v.b. Ulugʻbek Kasimxodjayev ochib berdi va ishtirokchilarga Oʻzbekistonning geoturistik salohiyatiga koʻrsatgan yuqori eʼtibori uchun minnatdorchilik bildirdi. 

“Birinchi Geoturistik forumning Kitob davlat geologiya qoʻriqxonasi hududida oʻtkazilishi ramziy ahamiyatga egadir, zero dunyo okeanidan quruqlikka chiqqan hayotning boshlanish joyi mamlakatimizda geoturizmni rivojlantirish uchun ayni muddaodir. Forumni oʻtkazishdan maqsad Oʻzbekistonda geo- va paleo-turizmni rivojlantirish uchun yangi istiqbol va imkoniyatlarni ochish, jahonning geologiya va paleontologiya ilm markazlari oʻrtasida oʻzaro manfaatli hamkorlikni oʻrnatish, ilmiy va amaliy tajriba almashish, yangi turistik mahsulotlarni yaratish, mavjud turistik dasturlarni boyitishdan iboratdir”, - dedi Ulugʻbek Kasimxodjayev. 

Oʻzbekiston Respublikasining Geologiya va mineral xomashyo bazasini rivojlantirish va qayta to'ldirish bosh boshqarmasi boshligʻi Asror Rustamov tadbir ishtirokchilariga noyob qoʻriqxonaning tarixi haqida soʻzladi. “Kitob davlat geologik qoʻriqxonasi Oʻzbekistonning muhofazadagi noyob tabiiy zonalaridan biri hisoblanadi. Qoʻriqxonaga 1979-yilda asos solingan boʻlib, u dengiz jonivorlari va oʻsimliklarinining stratigrafik kesmalari va qadimiy qoldiqlarini qoʻriqlash uchun maxsus yaratilgan. Paleozoy kesmalari bu yerda juda qiziq geologik shakl hosil qiilgan boʻlib, Yerning 130-170 million yillik geologik tarixiga oid boy va betakror maʼlumotlarni oʻzida saqlaydi”, - deya taʼkidladi u.

Shundan soʻng mahalliy va xorijiy olimlarning chiqishlari tashkil etilib, ular “Oʻzbekistonning 2030-yilgacha boʻlgan davrda barqaror rivojlantirishda milliy maqsad va vazifalar hamda zamonaviy geoturizm”, “Geoparklar faoliyatini yoʻlga qoʻyish orqali geoturizmni rivojlantirish va bunda YUNESKOning geofanlar va geoparklarga oid xalqaro amaliy tajribasidan foydalanish” kabi mavzularni oʻz ichiga qamrab oldi.   

Uch kun davomida forum ishtirokchilari “Zinzilbogʻ” geoturistik marshrutining ochilishi, Kitob kenglik stansiyasiga tashrif, jahon olimlari ishtirokidagi ilmiy anjumanlar, kelishuvlarning imzolanishi va boshqalar kutmoqda. 

Поделиться