O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha Maxsus vakilining Kobul shahridagi muzokaralari to‘g‘risida

2019-07-31 | Siyosat

2019-yilning 29-iyul kuni Kobul shahrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha Maxsus vakili Ismatulla Irgashev Afg‘oniston Islom Respublikasi Prezidentining infratuzilma loyihalari bo‘yicha katta maslahatchisi, Moliya vaziri vazifasini bajaruvchi Humoyun Qayumi, Afg‘oniston Prezidentining milliy xavfsizlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi Hamdulla Muxib, shuningdek, mamlakatning sobiq Prezidenti Hamid Karzay bilan muzokaralar o‘tkazdi.

Uchrashuvlar chog‘ida Afg‘onistonda tinch siyosiy jarayonni tezroq boshlash borasidagi tomonlarning sa’y-harakatlari va O‘zbekistonning qo‘shni mamlakat iqtisodiy infratuzilmasini tiklashga yordami muhokama qilindi.

Afg‘oniston tomoni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning mamlakatlarimiz o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirish, qardosh Afg‘oniston bozorida O‘zbekistonning iqtisodiy mavqeini yanada oshirish borasidagi siyosatini yuqori baholadi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripovning joriy yil 1-iyul kuni Afg‘onistonga tashrifining muvaffaqiyatli yakunlari e’tirof etildi. Bu tashrif ikki tomon savdo-iqtisodiy hamkorligini mustahkamlash jarayonida sifat jihatidan yangi mezonlarini belgiladi.

Afg‘oniston Moliya vaziri vazifasini bajaruvchi Humoyun Qayumi O‘zbekiston Hukumati rahbarining Afg‘onistonga tashrifi yakunlariga ko‘ra erishilgan barcha kelishuvlarning amalga oshirilishini tasdiqladi.

Muzokaralar chog‘ida avvalo Afg‘oniston xalqining eng muhim manfaatlari va ehtiyojlariga mos keluvchi energetika va transport-kommunikatsiya sohalaridagi infratuzilma loyihalarini birgalikda amalga oshirishga tomonlarda o‘zaro qiziqish va ularning hamkorlikka tayyorligi bildirildi.

Humoyun Qayumi Afg‘oniston tomoni joriy yil sentabr oyida “Surxon – Puli-Xumri” elektr uzatish tarmog‘ini qurish to‘g‘risidagi shartnomani imzolashni rejalashtirayotganini ham ta’kidladi.

Поделиться