O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Jahon banki guruhining texnik yordam missiyasi o'z faoliyatini boshladi
2019-07-29 | Jamiyat
2019-yilning 15-25 iyullarida Davlat statistika qo'mitasida Jahon banki guruhining texnik yordam missiyasi, Jahon banki bosh iqtisodchisi Mustafo Dinch boshchiligida o'z faoliyatini amalga oshirdi.
Missiyaning asosiy maqsadi Statistikani rivojlantirishning milliy strategiyasini ishlab chiqishda yordam berishdan iborat.
Mazkur missiya doirasida 2019-yil 25-iyulda Davlat statistika qo’mitasi markaziy apparati rahbar xodimlari va hududiy statistika boshqarmalari rahbarlari va vakillari uchun sifatni boshqarish bo’yicha seminar bo’lib o’tdi.
Prezentasiyada Statistikani rivojlantirishning milliy strategiyasinining asosiy printsiplari yoritildi va Birlashgan millatlar tashkilotining xalqaro tajribasini hisobga olgan holda amaliy tavsiyalar berildi.
Missiya faoliyati bo’yicha dastlabki hisobot taqdim etildi va statistika amaliyotidagi eng muhim savollar hamda Statistikani rivojlantirishning milliy strategiyasinining tarkibi bo’yicha blits savol-javoblar o’tkazildi.