O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Oʻzbekiston Prezidenti Turkmaniston Prezidenti bilan telefon orqali muloqot qildi

2019-06-28 | Siyosat

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 28-iyun kuni Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov bilan telefon orqali muloqot qildi.

Davlatimiz rahbari suhbat avvalida Turkmaniston Prezidentini tugʻilgan kuni munosabati bilan samimiy muborakbod etib, unga mustahkam sogʻlik, baxt-saodat va muvaffaqiyat tiladi. 
 
Bugungi Turkmaniston Prezident Gurbanguli Berdimuhamedov rahbarligida davlat va jamiyat qurilishi sohasida, mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasida ulkan yutuqlarga erishayotgani alohida qayd etildi.
 
Turkmanistonning xalqaro nufuzi izchil yuksalib borayotgani taʼkidlandi. Turkmaniston tashabbusi bilan BMT Bosh Assambleyasi tomonidan ushbu tashkilot va Orolni qutqarish xalqaro jamgʻarmasi oʻrtasidagi hamkorlik toʻgʻrisida navbatdagi rezolyutsiya qabul qilingani, 2020-2021-yillarda mamlakatda sambo va trek velosporti boʻyicha jahon chempionatlari oʻtkazilishi bundan dalolat beradi.
 
Prezidentlar ikki tomonlama munosabatlar va mintaqaviy siyosatga doir dolzarb masalalarni koʻrib chiqdilar.
 
Oʻzbekiston va Turkmaniston oʻrtasidagi doʻstlik, yaxshi qoʻshnichilik va strategik sheriklik munosabatlari izchil mustahkamlanib borayotgani katta mamnuniyat bilan qayd etildi.
 
Oʻzaro savdo hajmini yanada oshirish, transport, energetika, sanoat va qishloq xoʻjalishi sohalaridagi kooperatsiyani kuchaytirish muhimligi taʼkidlandi.
 
Prezidentlar  Hukumatlararo qoʻshma komissiya ishini faollashtirish, shuningdek, chegaradosh hududlar oʻrtasidagi samarali ishbilarmonlik va madaniy-gumanitar hamkorlikni davom ettirish lozimligini aytib oʻtdilar.
 
Muloqot soʻngida davlat rahbarlari qardosh mamlakatlarimiz va xalqlarimiz farovonligi, butun Markaziy Osiyo mintaqasining barqaror taraqqiyoti yoʻlida Oʻzbekiston va Turkmaniston oʻrtasidagi koʻp qirrali sheriklikni yanada rivojlantirish va mustahkamlash borasidagi intilish qatʼiy ekanini yana bir bor tasdiqladilar.

Поделиться