O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Samarqandda MDH mamlakatlari Turizm kengashi yigʻilishi va birinchi turistik yarmarkasi oʻtkaziladi

2019-06-28 | Turizm

9-10-iyul kunlari Samarqand shahrida MDH mamlakatlari Turizm kengashining navbatdagi yigʻilishi va birinchi turizm yarmarkasi oʻtkaziladi. 

MDH mamlakatlari turistik jozibadorligini oshirish va turizm sohasi vakillarining faol ishtirokini taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi tomonidan 2018-yilning 10-11-avgustida Dushanbe (Tojikiston) shahrida boʻlib oʻtgan MDH mamlakatlari Turizm kengashi yigʻilishi doirasida navbatdagi tadbirni Samarqand shahrida oʻtkazish taklif qilingan edi.

Shuningdek, Oʻzbekiston Prezidenti tashabbusi hamda Vazirlar Mahkamasining MDH mamlakatlari Turizm kengashi yigʻilishini Samarqandda oʻtkazishga doir topshirigʻiga muvofiq, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi tomonidan MDH mamlakatlari Birinchi turizm yarmarkasini oʻtkazish boʻyicha loyiha ishlab chiqildi. Loyihaga koʻra, mazkur yarmarkaning MDH mamlakatlari Turizm kengashi tadbiri doirasida tashkil etilishiga kelishilgan.

Mazkur format MDHga aʼzo mamlakatlarning turistik salohiyati bilan yaqindan tanishish, Hamdoʻstlikdagi turizm sektoring muhim trendlari va yangiliklarini almashish, turizm tashkilotlari va biznes vakillari oʻrtasidagi toʻgʻridan-toʻgʻri muloqotni kuchaytirish uchun qulay sharoit yaratadi.

Tadbirning asosiy maqsadi – MDH mamlakatlari oʻrtasida qoʻshma turizm loyihalarni sonini orttirish, hamkorlik va ahil qoʻshnichilik ruhini qoʻllab-quvvatlashdir.

MDH mamlakatlarining Birinchi turizm yarmarkasi Samarqand shahrida Hamdoʻstlik Turizm kengashining navbatdagi yigʻilishi doirasida 2019-yilning 9-10-iyul kunlari oʻtkaziladi. 

Shu bilan birga, mazkur tadbir dasturi “MDH davlatlarida turizm va mintaqaviy hamkorlik: yangi chaqiruvlar va imkoniyatlar” deb nomlangan xalqaro ilmiy-amaliy seminarni ham oʻz ichiga oladi.

Turistik yarmarkada tegishli vazirlik va idoralar, mahalliy hukumat organlari, diplomatik korpuslar vakillari, Oʻzbekistonda akkreditatsiyadan oʻtgan xalqaro tashkilotlar, turistik biznes vakillari, shuningdek, mahalliy va chet el OAV vakillari ishtirok etadi. 

Tadbir tashkilotchilari – Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, MDH Ijro qoʻmitasi, Tashqi ishlar vazirligi va Samarqand viloyati hokimligi.

Поделиться