O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Oʻzbekiston xalqaro miqyosda Islom madaniyati beshigi sifatida targʻib qilinadi

2019-06-14 | Turizm

Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi v.v.b. Abdulaziz Aqqulov “Jahonning eng peshqadam 500 nafar musulmon kishisi” reytingidan oʻrin olgan Buyuk Britaniya jamoat arbobi Ahmad Salim bilan Oʻzbekistonni Islom madaniyati beshigi sifatida xalqaro miqyosda targʻib qilishga doir kelishuvga erishdi.

Qoʻmita Oʻzbekistonning ziyorat turizm salohiyatini keng targʻib qilish maqsadida xalqaro tashkilotlar bilan oʻzaro aloqalarni tizimli ravishda mustahkamlamoqda. Kuni kecha Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi taklifiga binoan Ahmad Salim Oʻzbekistonga tashrif buyurdi.

Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasida tashkillashtirilgan uchrashuvda qoʻmita raisi v.v.b. Abdulaziz Aqqulov xorijlik mehmonga bugungi kunda mamlakatimizda turizmni rivojlantirish, ayniqsa, ziyorat turizmi yo’nalishida har tomonlama hamkorlik qilishga tayyor ekanini taʼkidladi.

Ahmad Salim qabul va taqdim etilgan foydali maʼlumotlar uchun Abdulaziz Aqqulovga minnatdorchilik bildirdi hamda tashrifidan asosiy maqsad  - ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini oʻrnatish, dunyo madaniyati, ilm-fan va saʼnati rivojiga turtki bergan, sivilizatsiyalar chorrahasida joylashgan Oʻzbekistonning maʼrifiy-madaniy merosini oʻrganish va jahonda munosib targʻib qilishga doir loyihalarni amalga oshirish ekanligini tasdiqladi.

«1001 Inventions» vakili Buxoro shahrining 2020 yilda “Islom madaniyati poytaxti” deb e’lon qilinishi munosabati bilan Buxoroda o’tadigan tadbirlarni xalqaro miqyosda tashkil etishda Turizmni rivojlantirish davlat qo’mitasi bilan hamkorlikda loyihalarni amalga oshirishga tayyor ekanini bildirdi.

Ma’lumot uchun: Ahmad Salim “1001 Inventions” tashkilotining prodyuseri va boshqaruv direktori sifatida dunyo miqyosida taʼlim va ijtimoiy sohalarda jahon sivilizatsiyasi rivojida Islom madaniyatining tutgan oʻrniga bagʻishlangan koʻplab muvaffaqiyatli loyihalarni amalga oshirgan va ushbu loyihalari orqali millionlab kishilarning eʼtiborini qozongan.

“1001 Inventions” tashkiloti BMT, YUNESKO va jahonning koʻzga koʻringan muzeylarida turli tadbirlarni oʻtkazadi. Uning gollivudlik mashhur aktyor Ben Kingsley ishtirokidagi “1001 kashfiyot va sirlar kutubxonasi” nomli qisqa metrajli filmi bugungi kunga qadar 100 milliondan ortiq kishi tomonidan tomosha qilingan boʻlib, Kann festivali kabi xalqaro festivallarning 27 ta oltin va gran-pri sovrinlarini qoʻlga kiritgan.

Ta’kidlash joizki, Ahmad Salim shuningdek britaniyalik mashhur xonanda, diniy qo’shiqlari bilan dunyo musulmonlari orasida shuhrat qozongan Sami Yusufni “ETM International and Andante Studios” tashkiloti prodyuseri va direktori sifatida qo’llab keladi.

Поделиться