O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
AQSh iqtisodiy maslahatchisi doktor Artur Laffer bilan uchrashuv
2019-06-13 | Iqtisodiyot
12-iyun kuni Moliya vazirligida Bosh vazir o'rinbosari - moliya vaziri va AQSh hukumati iqtisodiy maslahatchisi, Janubiy Karolina va Chikago universiteti professori Artur Laffer o’rtasidagi uchrashuv bo’lib o’tdi.
Ma'lumot uchun: Artur Laffer AQShlik iqtisodchi, Yel Universitetini tamomlagan, Stenford Universitetida doktorlik darajasini egallagan, Janubiy Karolina va Chikago Universitetlari professori. Ronald Reygan prezidentligida butun dunyoda shuhrat qozondi va "Laffer egrisi" (davlat byudjetiga soliq tushumlari bo'yicha soliq stavkalari ta'sirining shaklini ifodalovchi nazariya) tufayli tanilgan. U R. Reygan (AQShning 40-prezidenti) va Britaniya bosh vaziri M. Tetcherlarning iqtisodiy maslahatchisi bo’lgan. Bundan tashqari, Laffer Chilida iqtisodni liberallashtirishni amalga oshirgan mashhur "Chikago o'g'illari" dan biri hisoblanadi (A. Pinochetning taklifi bilan).
Uchrashuvda soliq siyosati hamda muvozanatlashtirilgan va iqtisodiy jihatdan samarali soliq-byudjet siyosati masalalari muhokama qilindi. Xususan, soliq siyosatining soliq solinishi, korporativ soliq, mol-mulk va mineral resurslar soliqlari hamda sohadagi asosiy global qoidalar kabi muhim tarkibiy qismlar batafsil ko'rib chiqildi.
Manba: O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Mоliya vаzirligi