O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

SHHTga aʼzo davlatlar vakolatli organlari Chegara xizmatlari rahbarlarining majlisi toʻgʻrisida

2019-06-07 | ShHT

Toshkentda 6-iyun kuni Shanxay hamkorlik tashkilotiga aʼzo davlatlar vakolatli organlari Chegara xizmatlari rahbarlarining yettinchi majlisi boʻlib oʻtdi.

Rossiya Federatsiyasi raisligida oʻtgan tadbirda Hindiston Respublikasi, Qozogʻiston Respublikasi, Xitoy Xalq Respublikasi, Qirgʻiziston Respublikasi, Pokiston Islom Respublikasi, Rossiya Federatsiyasi, Tojikiston Respublikasi, Oʻzbekiston Respublikasi vakolatli organlari Chegara xizmatlari, MDHga aʼzo davlatlar Chegara qoʻshinlari qoʻmondonlari kengashi muvofiqlashtiruvchi xizmati va SHHT Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi Ijroiya qoʻmitasi vakillari ishtirok etdi.
 
Ishtirokchilar SHHTga aʼzo mamlakatlar davlat chegaralaridagi vaziyat boʻyicha maʼlumot almashdi.
 
SHHTga aʼzo davlatlar vakolatli organlarining 2018-yilda birgalikda oʻtkazgan “Birlik – 2018” chegara amaliyoti yakunlari yuqori baholandi.
SHHTga aʼzo davlatlar vakolatli organlari chegara xizmatlarining 2019-yilda hamkorlikda oʻtkazadigan “Birdamlik – 2019-2021” chegara amaliyoti birinchi bosqichiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish rejasi koʻrib chiqildi va tasdiqlandi.
 
SHHTga aʼzo davlatlar vakolatli organlari chegara xizmatlarining 2020-yilda oʻtkaziladigan birgalikdagi “Birdamlik – 2019-2021” chegara amaliyoti ikkinchi bosqichi tashkilotchisi aniqlab olindi.
 
SHHTga aʼzo davlatlar vakolatli organlari chegara xizmatlarining 2020-yilga moʻljallangan ekspertlar guruhi ish rejasi maʼqullandi.
SHHTga aʼzo davlatlar vakolatli organlari Chegara xizmati rahbarlarining sakkizinchi majlisini oʻtkazish joyi va muddati muhokama qilindi va kelishib olindi.
Tadbirda tashkilotga aʼzo davlatlar hududida vujudga kelayotgan yangi xavf-xatar va tahdidlarga qarshi kurashish boʻyicha shakllantirilgan umumiy yondashuv SHHTga aʼzo davlatlar vakolatli organlari Chegara xizmatlari oʻrtasidagi hamkorlikni rivojlantirishga xizmat qilishi taʼkidlandi.
 
Majlis ishchanlik va konstruktiv ruhda oʻtdi.

Manba: O'zA

Поделиться