O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Xitoy Tashqi ishlar vaziri bilan uchrashuv
2019-05-22 | Siyosat
2019-yilning 22-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Bishkek shahrida Xitoy Xalq Respublikasi Davlat kengashi a’zosi, Tashqi ishlar vaziri Van Yi bilan uchrashdi.
Tashqi siyosat idoralari rahbarlari 2019-yil 25-aprel kuni Pekin shahrida bo‘lib o‘tgan “Bir makon, bir yo‘l” ikkinchi xalqaro forumi ishida ishtirok etish doirasida Prezident Shavkat Mirziyoyev va Rais Si Szinpinning ikki tomonlama uchrashuvi chog‘ida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish masalalariga asosiy e’tibor qaratdilar.
Vazirlar Bishkek shahrida bo‘lib o‘tadigan ShHT sammitiga tayyorgarlik masalalarini muhokama qildilar va uning muvaffaqiyatli yakunlanishidan manfaatdor ekanliklarini ta’kidladilar.
Uchrashuvda dolzarb xalqaro va mintaqaviy masalalar yuzasidan ham fikr almashildi.