O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Festival “Oqqush koʻli” bilan yakunlandi

2019-05-07 | Madaniyat

Poytaxtimizdagi Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston davlat akademik Katta teatrida “Toshkent bahori” beshinchi xalqaro opera va balet festivali yakunlandi.

Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi va boshqa bir qator hamkor tashkilotlar bilan birgalikda oʻtkazilgan ushbu festival poytaxt ahli hamda xorijlik mehmonlarga gʻoyat manzur boʻldi. Unda Rossiya, Ozarbayjon, Qozogʻiston, Xitoy kabi davlatlarning sanʼatkorlari, balet truppalari, opera ijrochilari ishtirok etdi. 
 
Festival doirasida qiziqarli konsertlar, premyeralar, anjumanlar, mahorat darslari, ijodkorlar bilan uchrashuvlar boʻlib oʻtdi. 
 
Ijodiy loyiha Pyotr Chaykovskiyning “Oqqush koʻli” asari bilan yakunlandi. Shuni aytish kerakki, mazkur balet-spektakl turli davlatlarning ijodiy jamoalari tomonidan katta mahorat bilan ijro etilib, tomoshabinlarning alohida ehtiromiga sazovor boʻlgan asar sanaladi. Muhabbat va riyokorlik, sadoqat va xoinlikning oʻzaro kurashi haqida hikoya qiluvchi ushbu spektakl muxlislarni befarq qoldirmaydi.
 
Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston davlat akademik Katta teatri jamoasi ushbu spektaklni alohida mahorat, oʻziga xos va betakror talqin bilan tomoshabinlarga taqdim etgan. Unda oʻzbekistonlik balet ustalari bilan birga Rossiyada xizmat koʻrsatgan artist Anna Nikulina hamda Denis Rodkin kabi ijrochilar ham qatnashgan. 
 

N.USMONOVA, OʻzA

Поделиться