O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Press-reliz

2019-05-03 | Iqtisodiyot

Joriy yilning 2 may kuni O’zbekiston Respublikasi Prezidenti xuzuridagi Ommaviy axborot va kommunikatsiya agentligida O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tashkillashtirilgan Xalqaro valyuta jamg’armasi (XVJ) mutaxassisi Amanda Sayeg ishtirokida brifing o’tkazildi.

Ma’lumot: Amanda Sayeg xonim XVJ moliya-menejmenti boshqarmasining Davlat moliyasini boshqarish bo’limi iqtisodchisi va davlat siyosati va Davlat moliyasini boshqarish bo’yicha 15 yildan ortiq tajribaga ega.

Brifingda Amanda Sayeg xonim O’zbekiston bilan XVJ o’rtasidagi byudjet ma’lumotlarining ochiqligini oshirish va davlat moliya statistikasini tuzishni takomillashtirish bo’yicha xamkorlikning asosiy yo’nalishlari haqida taqdimot qildi. Taqdimotda 2018 yil iyun oyida XVJ tomonidan byudjet jarayonining XVJ byudjet-soliq sohasi ochiqligi kodeksi talablariga muvofiqligi bo’yicha o’tkazilgan baholash natijalari hamda 2019 yil mart oyida o’tkazilgan ushbu baholashni yangilash natijalari haqida so’z yuritildi. 

2018 yil iyun oyi baholash natijalariga ko’ra mamlakatimizda XVJ byudjet-soliq sohasi ochiqligi kodeksining 36 ta tamoyilidan 16 tasi asosiy yo’nalishlarga yoki yuqori standartlarga javob berishini va ushbu yo’nalishda aniq maqsadli ishlarni amalga oshirish zarurligini ta’kidlangan.

Dastlabki baxolash yakunlariga ko’ra XVJ ekspertlari tomonidan berilgan taklif va tavsiyalarga muvofiq mamlakatimizda birinchi marotaba Fuqarolar uchun byudjet axborot nashri chop etildi, Byudjetnoma loyihasi rasmiy veb saytlarda e’lon qilindi,

Davlat byudjeti birinchi marotaba o’rta muddatga (2019-2021 yillarga) tayyorlandi va tasdiqlandi, byudjet ochiqligini yanada ta’minlash maqsadida “openbudget.uz” ochiq byudjet axborot portali ishga tushirildi.

Bir so’z bilan aytish mumkinki o’tgan 2018 yilda mamlakatimizda fiskal shaffoflikni oshirish sohasida keskin o’zgarishlar amalga oshirildi.Ushbu amalga oshirilgan ishlarni va kelgusida amalga oshirilishi lozim bo’lgan vazifalarni belgilab olish maqsadida joriy yilning mart oyida XVJ ekspertlari tomonidan Byudjet – soliq sohasida ochiqlik shaffoflik qayta baholandi. Byudjet ma’lumotlarini oshkoraligini oshirish bo’yicha ko’rilgan chora-tadbirlar tufayli, dastlabki o’tkazilgan baholash bilan taqqoslaganda XVJ kodeksining 8 tamoyili bo’yicha ko’rsatkichlar yaxshilandi. Shunday qilib, 2019 yil mart oyi holatiga ko’ra, O’zbekiston XVJ byudjet-soliq sohasi ochiqligi kodeksining 36 tamoyilidan 23 tasiga javob beradi.

XVJ ekspertlari tomonidan byudjet-soliq sohasi ochiqlik yuzasidan mamlakatimizda amalga oshirilgan ishlar yuqori boxolanib kelgusida Davlat moliya statistikasi va byudjet-soliq sohasi ochiqligini ta’minlash uchun bir qator taklif va tavsiyalar berildi.

Jumladan:

1) soliq-byudjet hisoboti qamrovini va byudjetning to’liqligini oshirish. Davlat byudjeti ijrosi to’g’risidagi hisobotlarga byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari mablag’lari va byudjetdan tashqari jamg’armalarning barcha moliyaviy oqimlarini kiritish. 

2) hisobotlarni xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish hamda XVJ 2014 yilda ishlab chiqilgan Davlat moliyasini boshqarish bo’yicha tavsiyalari (GFSM-2014)ga muvofiq byudjet tasnifini takomillashtirish. Ushbu ma’lumotlardan foydalanuvchilar, bu esa asosan investorlar hamda reyting agentliklari Davlat byudjetining barqarorligi to’g’risida aniq fikrga ega bo’lishlari hamda boshqa davlatlar bilan solishtirishlari uchun bu muhim hisoblanadi;

3) barcha byudjet tashkilotlari va byudjetdan tashqari jamg’armalar mablag’lar oqimini, jumladan chet el valyutasidagi operatsiyalarini yagona g’aznachilik hisob raqami bilan to’liq qoplanishini ta’minlash, 

4) byudjetni boshqarish samaradorligini oshirish. XVF tavsiyalariga ko’ra, byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari jamg’armalariga tushadigan barcha majburiy daromadlar (soliqlar va yig’imlar) davlat byudjetiga yo’naltirilishi va odatdagi byudjet jarayoni doirasida taqsimlanishi lozim. O’rta muddatda byudjetdan tashqari jamg’armalarning maqbullashtirilishi (Pensiya jamg’armasi, ishsizlik jamg’armasi va Jamg’arib boriladigan pensiya jamg’armasi mablag’lari bundan mustasno bo’lishi mumkin), ularning faoliyatini davlat byudjetiga kiritish bo’yicha tavsiyalar berildi.

Поделиться