O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Shavkat Mirziyoyev Yaponiyaning yangi Imperatoriga tabrik yo‘lladi

2019-05-01 | Siyosat

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Yaponiyaning bir yuz yigirma oltinchi Imperatori sifatida taxtga o‘tirgani munosabati Yaponiya Imperatori Naruxitoga samimiy qutlovlar va eng ezgu tilaklar bitilgan maktub yo‘lladi.

Davlatimiz rahbari o‘z maktubida Naruxitoning "Reyva" deb nom olgan hukmronlik davrida Yaponiya barqaror va uyg‘un rivojlanishiga, mamlakatning jahondagi yetakchi o‘rni yanada mustahkamlanishiga ishonch bildirdi.

"Umid qilamanki, Sizning ko‘magingiz bilan O‘zbekiston-Yaponiya strategik sherikligini mustahkamlash va kengaytirish borasidagi aniq maqsadga yo‘naltirilgan birgalikdagi sa’y-harakatlar davom ettiriladi", - deb ta’kidlagan Prezidentimiz o‘z qutlovida.

Поделиться