O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Kaspiy iqtisodiy forumida Oʻzbekiston delegatsiyasi ishtirok etadi

2019-05-01 | Turizm

Joriy yil 12 avgustda Turkmanistonning Turkmanboshi shahri “Avaza” milliy turistik zonasida ilk bor Kaspiy iqtisodiy forumi tashkil etiladi.

Markaziy Osiyo iqtisodiy hayotida eʼtiborli voqelik sifatida qayd etilayotgan mazkur yirik tadbirda Kaspiyboʻyi mamlakatlari qatorida Oʻzbekiston delegatsiyasi, shuningdek, xalqaro moliya institutlari, transport, ekologiya sohalarida faoliyat yurituvchi xalqaro tashkilotlar rahbarlari ishtirok etishi kutilmoqda.
 
Toshkentda 30 aprel kuni Turkmanistonning Oʻzbekistondagi elchixonasida boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida shu haqda soʻz yuritildi.
 
Turkmanistonning mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi Yazguli Mammedov Oʻzbekiston – Turkmaniston iqtisodiy hamkorligi turli yoʻnalishlarda rivojlanib borayotganini taʼkidladi.
 
Bugungi kunda mamlakatlarimiz oʻrtasida savdo-iqtisodiy hamkorlik rivojlanmoqda. 2018 yilda oʻzaro tovar ayirboshlash hajmi 17 foizga oshgan.
 
– Turkmaniston yer usti va suv yoʻllari orqali mintaqa mamlakatlari bilan hamkorlik masalalariga alohida eʼtibor qaratmoqda, – dedi Ya.Mammedov. – Oʻtgan yilda Turkmanboshi xalqaro porti qurilib, foydalanishga topshirildi. Mazkur port orqali Rossiya, Eron, Turkiya davlatlari portlari bilan bogʻlanish mumkin. Bu, ayniqsa, dengizga toʻgʻridan-toʻgʻri chiqish yoʻliga ega boʻlmagan qoʻshni mamlakatlar, xususan, Oʻzbekiston uchun qulay imkoniyatdir.
 
Tadbirda birinchi Kaspiy iqtisodiy forumining hamkorlikdagi rivojlanish maqsadlariga mos kelishiga eʼtibor qaratildi. Ommaviy axborot vositalari vakillari bilan uchrashuvda forum doirasida oʻtishi koʻzda tutilgan tadbirlar va muhokama markazidagi masalalar yuzasidan maʼlumotlar berildi.
 
Kaspiy iqtisodiy forumida xalqaro konferensiya tashkil etilib, unda ishtirokchi davlatlar, xalqaro tashkilotlar vakillari bilan qoʻshma investitsiyaviy loyihalar va dasturlarni amalga oshirish, raqamli iqtisodiyot boʻyicha hamkorlik, qoʻshma korxonalar tashkil etish masalalari muhokama qilinadi. Maxsus erkin iqtisodiy zonalarni tashkil etish va rivojlantirish boʻyicha oʻzaro tajriba almashish koʻzda tutilgan.
 
Shuningdek, forumda Kaspiy innovatsion texnologiyalari koʻrgazmasi, ishtirokchi davlatlar vakillari oʻrtasida biznes uchrashuvlar ham oʻtkaziladi.
 
Anjumanda jurnalistlarni qiziqtirgan savollarga atroflicha javob qaytarildi.
 

Malohat Husanova, OʻzA

Поделиться