O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2025
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

«Ipak yo‘li» turizm xalqaro universiteti Indoneziya universitetlari bilan hamkorlik qiladi

2019-04-25 | Ta’lim

2019 yilning 23 aprel kuni Samarqand shahri Yoshlar markazi binosida Indoneziyaning Bali International School of Tourism, Muhammadiyah University “PROF. Dr. Hamka ”, Jakarta, Dian Nusatra University, Muhammadiyah University (Sumatra), Bhayangkara University, Borobudur University kabi 13 ta oliy ta’lim muassasalarining 32 vakilidan iborat delegatsiya bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Delegatsiya tashrifi munosabati bilan har ikkala tomon, hamda «Ipak yo‘li» universiteti talabalari va professor-o‘qituvchilar ishtirokida tadbir tashkil etildi. Unda «Ipak yo‘li» turizm xalqaro universiteti va Indoneziyaning 13 ta oliy ta’lim muassasalari orasida hamkorlik  memorandumlari  imzolanib, mazkur hujjatlar O‘zbekiston va Indoneziya orasida turizmni rivojlantirish bo‘yicha tajriba almashinuvi, oliy ta’lim muassasalari orasida aloqalarni rivojlantirish va mustahkamlash, fan  va texnologiyalarni rivojlantirish, kadr salohiyatini mustahkamlash hamda ta’lim jarayonida akademik almashinuvni amalga oshirishga qaratilgan.

Memorandumlarning  tantanali  imzolanishidan so‘ng, Indoneziya milliy raqsi, hamda «Guldasta» ansambli qo‘shiqchi va raqqoslari tomonidan ijro etilgan madaniy-ko‘ngilochar dastur namoyish etildi.

Поделиться