O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Ukraina Elchisi bilan uchrashuv
2019-04-22 | Siyosat
2019-yining 22-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov o‘z diplomatik missiyasini tugatayotgan Ukrainaning Favqulodda va Muxtor Elchisi Yuriy Savchenkoni qabul qildi.
Uchrashuvda ko‘p qirrali O‘zbekiston-Ukraina aloqalarining holati va ushbu hamkorlikni, birinchi navbatda ulkan foydalanilmagan salohiyat mavjud bo‘lgan savdo-iqtisodiy sohada rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.
Muloqot chog‘ida ikki tomonlama munosabatlarni mustahkamlashda Elchining ko‘p yillik faoliyatiga yuqori baho berildi.
Elchi O‘zbekistondagi diplomatik faoliyatida ko‘rsatilgan yordam uchun minnatdorchilik bildirdi.