O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Finlyandiya TIV Davlat kotibi o‘rinbosari bilan uchrashuv

2019-04-15 | Siyosat

2019-yilning 12-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Alisher Abdualiyev mamlakatimizga kelgan Finlyandiya ishbilarmonlar doiralari delegatsiyasi rahbari, Finlyandiya Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining tashqi iqtisodiy aloqalar bo‘yicha Davlat kotibi o‘rinbosari Markku Keynenen bilan uchrashdi.

Suhbat davomida ikki tomonlama munosabatlarni yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.

Ta’kidlanganidek, Toshkent shahrida Finlyandiya Faxriy konsulligini tashkil etish davlatlararo aloqalarni tizimli tus olishiga va ikki davlat biznes hamjamiyatlari o‘rtasidagi hamkorlikni faollashtirishga zamin yaratadi.

Xususan, ilg‘or Finlyandiya texnologiyalarini jalb etgan holda AKT, chiqindilarni boshqarish, qurilish mollari sanoatiga uskunalar joriy etish hamda oltin qazib olish sohalarini rivojlantirish uchun katta salohiyat mavjudligi qayd etildi.

Muloqot chog‘ida 2019-yilning may oyida O‘zbekiston–Finlyandiya vazirliklararo siyosiy maslahatlashuvlarining navbatdagi raundini o‘tkazish imkoniyati ko‘rib chiqildi.

Tomonlar Savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston-Finlyandiya hukumatlararo komissiyasi faoliyatini tiklash zarurligini bayon qilib, mazkur komissiya yangi loyihalarni taklif qilish va amalga oshirish bo‘yicha qo‘shma ishlarga amaliy tus berishini ta’kidladilar.

Muzokalarda Finlyandiya Elchisi Marya Liivala ishtirok etdi.

Поделиться