O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Farg‘ona–Toshkent–Maskat–Riga–Seul videomuloqoti bo‘lib o‘tdi
2019-04-04 | Iqtisodiyot
2019-yilning 3-aprel kuni Farg‘ona shahrida bo‘lib turgan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Alisher Abdualiyev Farg‘ona viloyatiga chet el investitsiyalarini jalb qilish bo‘yicha mamlakatimizning xorijdagi diplomatik vakolatxonalari faoliyatiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi.
Farg‘ona viloyati va tumanlari hokimliklari rahbarlari ishtirokida o‘tkazilgan yig‘ilishda Farg‘ona – Toshkent – Maskat – Riga – Seul videomuloqoti vositasida avval erishilgan kelishuvlarning bajarilishiga oid aniq masalalar hamda xorijiy investorlarni jalb qilish, ular uchun zarur sharoitlar, xususan texnik talablarga mos keluvchi infratuzilmani yaratishning ustuvor yo‘nalishlari muhokama qilindi.
O‘zbekistonning Koreya Respublikasidagi Elchisi Vitaliy Fen va O‘mon Sultonligidagi Elchisi Anvar Abduxalimov, Latviya Respublikasida Muvaqqat ishlar vakili Sharofiddin Mirzaqulov bajarilgan ishlar borasida hamda chet el kapitali ishtirokidagi va zamonaviy texnologiyalarga asoslangan istiqbolli loyihalar to‘g‘risida axborot berdi.
Videoselektor yig‘ilishda latviyalik investorlar ham ishtirok etib, loyihaviy takliflarni tayyorlashning holati haqida ma’lumot berdi.