O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Germaniyaning Myunxen shahrida vatandoshlar forumi boʻlib oʻtdi

2019-04-02 | Turizm

Oʻzbekistonning Germaniyadagi elchixonasi, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi va Oʻzbekiston yoshlari umum jahon assotsiatsiyasi tomonidan, Myunxen shahrida vatandoshlar forumi tashkil etildi.

Unda, Germaniyaning turli hududlarida istiqomat qilayotgan 300 dan ortiq vatandoshlarimiz, Myunxen shahrida turizm sohasida faoliyat yurituvchi kompaniyalar vakillari ishtirok etishdi.

Forumdan koʻzlangan asosiy maqsad – Germaniyada mehnat faoliyatini olib borayotgan va tahsil olayotgan vatandoshlar bilan muloqot qilish, ular bilan Oʻzbekistonni yanada rivojlantirish, kengroq tanitish hamda mamlakatning turizm salohiyatini faol targʻib qilish yoʻnalishlarida hamkorlikni yoʻlga qoʻyishdan iborat.

Tadbir davomida, Oʻzbekiston yoshlari umum jahon assotsiatsiyasi tomonidan, xorijda istiqomat qilayotgan oʻzbek diasporasi farzandlariga xalqimiz tarixi, urf-odatlari, milliy qadriyatlarini, jumladan, oʻzbek tili va adabiyotini chuqur oʻrgatish maqsadida, forum ishtirokchilariga bir qator oʻzbek bolalari adabiyoti kitoblari hadya etildi hamda oʻzbek tili va milliy raqs toʻgaraklarini tashkil etish boʻyicha muzokaralar olib borildi.

Forum doirasida, Oʻzbekistonning turizm salohiyatini aks ettiruvchi taqdimot oʻtkazildi, shuningdek, oʻzbek milliy taomlari, jumladan palov tayyorlanib, tadbir ishtirokchilarga ulashildi.

Shuni alohida taʼkidlash joizki, forumda faol vatandoshlarimiz Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarda, shu jumladan, mamlakatning turizm salohiyatini keng targʻib qilishda vatandoshlar rolini yanada oshirish boʻyicha oʻz gʻoya va tashabbuslarini ilgari surishdi.

Xususan, Germaniyada oʻzbekistonlik vatandoshlar jamiyatini tashkil etish taklifi bildirildi va atroflicha muhokama qilindi. Xorijda bu kabi jamiyatlarning tuzilishi, mahalliy aholiga Oʻzbekiston haqida koʻplab maʼlumotlarni taqdim etish va sayyohlarni jalb etishda muhim oʻrin tutadi.

Tashrif davomida, Myunxen shahrida tibbiyot turizmi bilan shugʻullanuvchi kompaniyalar vakillari bilan oʻtkazilgan uchrashuvda Oʻzbekistonning tibbiyot turizmini rivojlantirish borasida ikki tomonlama hamkorlik qilish, qoʻshma dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirishga kelishib olindi.

Поделиться