O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Yevropa Ittifoqi delegatsiyasi bilan uchrashuv

2019-04-01 | Siyosat

2019-yilning 1-aprel kuni Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo boʻyicha maxsus vakili Piter Burian va Afgʻoniston boʻyicha maxsus vakili Roland Kobia tarkibidagi YI delegatsiyasini qabul qildi.

Uchrashuvda Oʻzbekiston va Yevropa Ittifoqi oʻrtasidagi koʻp qirrali aloqalarning holati va istiqbollari, jumladan Afgʻonistonning ijtimoiy-iqtisodiy tiklanishi va Orolboʻyi muammosini kompleks hal etishga qaratilgan loyihalarni tadbiq etishdagi hamkorlikning amaliy masalalari muhokama qilindi.

Yevropa Ittifoqi vakillari tomonidan siyosiy, savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy, ilm-taʼlim, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda ikki tomonlama munosabatlarni yanada rivojlantirish uchun yangi imkoniyatlar ochayotgan Oʻzbekistondagi keng koʻlamli islohotlar jarayoni va ularning dastlabki natijalari yuqori baholandi.

Turli darajadagi aloqalarni faollashtirishdan tomonlar manfaatdorligi taʼkidlandi. Shu oʻrinda 2019-yilda boʻlib oʻtadigan qoʻshma tadbirlar jadvali va kun tartibi yuzasidan fikr almashildi.

Suhbat chogʻida xalqaro va mintaqaviy siyosatning dolzarb masalalari koʻrib chiqildi.

Muzokaralarda Yevropa Ittifoqi Delegatsiyasi Rahbari, Elchi Eduards Stiprais ishtirok etdi.

Поделиться