O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
PEMPAL doirasida Byudjet hamjamiyatining navbatdagi yalpi majlisi oʻz nihoyasiga etdi
2019-03-26 | Iqtisodiyot
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Jahon banki hamkorligida tashkil etilgan Davlat moliyasini boshqarish boʻyicha xalqaro hamkorlik taʼlim dasturi (PEMPAL) doirasida Byudjet hamjamiyatining navbatdagi yalpi majlisi oʻz nihoyasiga etdi.
Toʻrt kun davom etgan Byudjet hamjamiyatining yalpi majlisi davomida 20 dan ortiq davlatlardan tashrif buyurgan 60 ga yaqin davlat moliyasini boshqarish sohasidagi xalqaro ekspertlar, Byudjet hamjamiyatiga aʼzo mamlakatlar amaliyotchilari hamda Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirligi va hududiy moliya boshqarmalari mutaxassislari byudjet shaffofligi va byudjet jarayonida fuqarolar ishtiroki, kapital byudjetlashtirish hamda maqsadga yoʻnaltirilgan byudjetlashtirishga oid mavzularda seminar treninglar hamda interaktiv taqdimotlarda ishtirok etishdi.
Yalpi majlisning yakuniy kunida barcha ishtirokchilar byudjet xarajatlari bilan bogʻliq muammolar boʻyicha 3 ta guruhga boʻlingan holda ish olib borishdi. Unda har bir guruh tarkibidagi ishtirokchilar tayyorlab kelgan taqdimotlarini muhokama qilib hamda natijada umumiy guruh taqdimoti tayyorlanib, davlat moliyasini boshqarish boʻyicha muvaffaqiyatli tajribalarni havola etishdi.
Majlis qizgʻin koʻtarinki ruhda va bahs-munozaralarga boy tarzda oʻtdi. Ishtirokchilar yalpi majlis davomida davlat moliyasini boshqarish sohasida oʻzaro fikr va tajriba almashdilar.
Majlis yakunida bagʻishlangan yigʻilishda Moliya vaziri oʻrinbosari - gʻaznachilik boshligʻi D.Sh. Sultanov soʻzga chiqib, mazkur tadbirning mamlakatimizda oʻtkazilishi davlatimiz moliya tizimini boshqarishdagi amalga oshirilayotgan oʻzgarishlar va rejalar yuzasidan dunyoning yetakchi ekspertlarining xulosa va takliflarini olish bilan birga boy tariximiz, madaniy meroslarimizni, shuningdek bugungi kunda amalga oshirilayotgan islohotlarni jahon hamjamiyatiga etkazishda, shuningdek turizm sohasini rivojlantirishda qulay vosita boʻlib xizmat qilishini taʼkidladi. Shuningdek, majlis ishtirokchilariga kelgusida oʻz ish faoliyatlarida muvaffaqiyat tiladi.
Shu bilan birga, 2019-yilning oktabr - noyabr oylarida Samarqand shahrida PEMPAL taʼlim dasturi doirasida “Ichki audit” hamjamiyatining navbatdagi yalpi majlisini oʻtkazishni taklif etildi.