O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Bishkek shahridagi uchrashuv
2019-03-21 | Siyosat
2019-yil 20-mart kuni Bishkek shahrida O‘zbekiston Elchisi Komil Rashidov Qirg‘iziston Respublikasi Milliy yozuvchilar uyushmasi raisi Nurlanbek Qalibekov bilan uchrashdi.
Elchi O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi nomidan “Sharq yulduzi” jurnalining qirg‘izistonlik yozuvchi va shoirlar ijodiga bag‘ishlangan sonini topshirdi.
Nashr 2018-yilda Bishkek va O‘sh shaharlarida bo‘lib o‘tgan “O‘zbek va qirg‘iz adabiyoti – do‘stlik adabiyoti” nomli qo‘shma tadbirda O‘zbekiston va Qirg‘iziston yozuvchilar uyushmalari o‘rtasida erishilgan kelishuvlarga muvofiq tayyorlangan.
Qardosh adabiyotlar o‘rtasidagi an’anaviy aloqalarni mustahkamlash va rivojlantirish doirasida Qirg‘izistonning “Ala-Too” jurnalining bir soni o‘zbek yozuvchi va shoirlari ijodiga bag‘ishlangan edi.
Uchrashuv davomida 2019-yilda ijodiy uyushmalar o‘rtasidagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi, xususan, 22-may kuni Andijonda va 19-iyun kuni O‘shda “Adabiy do‘stlik – abadiy do‘stlik” ijodiy kechalarini o‘tkazishga doir masalalar yuzasidan fikr almashildi.